ishtirok
bilan ulashing
Biror ish, marosim, majlis va shu kabilarda hozir boʻlish, qatnashish.
-
Maʼmuriyat vakili ishtirokida boʻlgan majlis,
-
Xotinlar oʻz toʻylarini Oʻzbek oyim ishtiroki bilan oʻtkazib olsalar, oʻzlarini shaharning eng baxtli xotinlaridan sanab yurar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Mirzo Memorga taassuf bildirib, oʻgʻlining podshohga suiqasdda ishtiroki borligini maʼlum qildi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Asosiysi, Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki milliy xavfsizligimiz, mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash garovidir. Gazetadan
ishtirok soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ishtirok etmoq (yoki qilmoq)
-
Men bu toʻyga ishtirok etolmaganligimni aytdim Mushtum
-
Biz ijodiy kechalarimizni shunday oʻtkazaylikki, bu kechada yolgʻiz yozuvchilar emas, keng jamoatchilik ham ishtirok qilsin. N. Safarov, Olovli izlar
ISHTIROK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИШТИРОК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ishtirok so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar