hovliqma
bilan ulashing
1. Ish-harakatda oʻylamasdan, oʻta shoshma-shosharlik qiladigan, hovliqaveradigan.
-
Mirsaid akaning oʻgʻli yengil tabiat, hovliqma, asabiy bir yigit edi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
Shu ishning shunday boʻlishiga ham Boʻtaning oʻzi aybli, oʻlgudek hovliqma. S. Ahmad, Hukm
2. Ish-faoliyatda, muomalada oʻzini qoʻlga ololmaydigan, oʻzicha pala-partish ish tutadigan.
-
Bilasizlar, jamoatchi boʻlib saylansa, boshi osmonga yetib, hech kimni pisand qilmaydigan hovliqmalar bor. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Bu kun uning [Yormatning] boshida yangi, lekin beoʻxshov doʻppi. Amalga mingan hovliqma odamdek burnini koʻtargan, yuzi maʼnisiz jiddiy va magʻrur. Oybek, Tanlangan asarlar
HOVLIQMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОВЛИҚМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hovliqma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar