hovuz
bilan ulashing
1. Suv saqlash uchun xizmat qiladigan, maxsus qazilgan chuqurlik.
-
Chuqur hovuz. Sayoz hovuz. Hovuz kovlamoq. Hovuz suvi.
-
Majnuntolning qurib tushgan shoxlari hovuz boʻyida ivirsib yotar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Agarda sardoba ichini yana ham chuqurlashtirib hovuz qilinsa, bu yerda doimo suv boʻladi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Bogʻning har burchagida oʻzga bir latofat; ariqlarda suv kumushlanadi, maysalardan uqa tutgan hovuz, suv bilan emas, nur bilan toʻlgan kabi jimir-jimir mavjlanadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. maxs. Uy shipiga ishlanadigan chuqur naqsh-bezak.
hovuz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hovuzdan hoʻplam
-
Muxtorning sandigʻidagi oltinlar oldida Bekning chervonlari hovuzdan hoʻplam, xolos. H. Gʻulom, Mashʼal
HOVUZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОВУЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hovuz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar