hovuch
bilan ulashing
1. Bir qoʻl barmoqlarini bukib, shuningdek, ikki qoʻlning kaft va barmoqlarini yonma-yon birlashtirib, barmoqlarni bukib, chuqurcha qilingan holati.
-
Hi-hi, yana radio karnayi ostida hovuchini qulogʻiga qoʻyib tinglaydi. A. Qahhor, Hi-hi
-
Xoʻjayin soqolini bir nafas hovuchiga olib turib, kinoyali jilmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Dalavoy katta-katta qoʻllarini hovuch qilgancha, Bekka choʻzdi. Yoshlik
-
Muzday suvdan hovuchini toʻldirib-toʻldirib ichdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Buloq labiga oʻtirib, hovuchini ochganda, kaftida gʻijimlanib yotgan hoʻl roʻmolga koʻzi tushdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Hovuchga sigʻarli miqdorni bildiradi.
-
Ikki hovuch suv.
-
Tushga yaqin Avaz bozor dan patir, yaxna et, koʻkat, bir hovuchdan shirinlik olib kelib, dasturxon tuzadi. S. Siyoyev, Avaz
-
U ikki-uch hovuch tutni ogʻziga tiqdi-yu, yana bir hovuch terib, juvonga oʻgirildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
hovuch soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir hovuch
-
Bir hovuch yerdagi poliz ham laʼnati boʻrondan sogʻ qolmadi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Choʻntagingizda bir hovuch soʻzingiz bor, shu soʻzlarni shu qadar koʻp ishlatasiz A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Oʻylab qarang: bir tomonda bir hovuch boylar hamma narsaga ega; hisobsiz, kitobsiz fuqaro-chi? Oybek, Tanlangan asarlar
HOVUCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОВУЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hovuch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar