hovur
bilan ulashing
1. Issiqlikdan koʻtarilgan kuchsiz, yengil bugʻ.
-
Kunlar yaraqlab ketgan, shudgor betidan jimir-jimir hovur koʻtariladi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
-
Dasturxon ustidagi kosalardan issiq va yogʻliq shoʻrvalarning hovuri chiqib turardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. Issiqlik taʼsiri; harorat, taft.
-
Qizilqum va Qoraqum barxanlari quyosh qahr-gʻazab bilan sochgan butun hovurini insonga purkab, bagʻriga hech kimni yoʻlatmagan. S. Karomatov, Amu-Buxoro
-
Quyosh tikkaygan sayin havo kuchliroq qiziydi. Soch tolasini yelpirga shamol yoʻq. Yerdan issiq hovur uradi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
-
Asfalt yoʻllar, shifer va tunuka tomlardan qaynoq hovur koʻtariladi. S. Nurov, Narvon
3. koʻchma Kishining qizishgan holati.
-
Aslo mening hovurim bosilmaydi, Betingdan tishlab olib qonatmasam. Oq olma, qizil olma
hovur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hov(u)rini bosmoq
-
Bir piyola choy ber, bolam, hovurimni bosib olay, keyin aytaman. Mushtum
-
Toʻrabek baʼzan qoʻliga xipchin olib, bolalarga doʻq-poʻpisa qilar, shu bilan hovrini bosar edi. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota
-
Rasuljon qizishib borayotgan cholning hovrini bosishga urindi. J. Abdullaxonov, Xonadon
Hovrini olmoq
-
Ish ovutgan boʻlsa, yor-u doʻstlari koʻnglini koʻtardi, hovrini oldi. Shuhrat, Umr pogʻonalari
Hovuriga osh pishadi (yoki osh damlasa boʻladi)
-
hovuriga ikkita osh pishadigan boshliq burniga qoʻngan pashshaga dagʻdagʻa qilib, mushti bilan qoʻrib haydadi. M. Muhamedov, Qahramon izidan
-
chek beruvchi Fayzi Rahimov haddan chunon oshganki, hovuriga osh damlasa boʻladi. Mushtum
Hovur(i)dan tushmoq
-
Sultonov choʻntagini titkilab, kalitini topdi shekilli, sal hovuridan tushdi. M. Mansurov, Yombi
-
Universal., bir tekisda ishlayotganini koʻrib, Umarali hovurdan tushdi. I. Rahim, Ixlos
-
Xolmat yigʻilishdan keyin ancha hovuridan tushdi, pasayib qoldi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
Yigit-yalangning arzini eshitdim Yodgorxoʻja oʻshqirib kelib edi, qamatib qoʻydim. Jindek hovuridan tushmasa boʻlmaydi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
HOVUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОВУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hovur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar