hovliq
bilan ulashing
1. Shoshib-pishib, shoshma-shosharlik, shoshqaloqlik bilan harakat qilmoq, ish tutmoq.
-
Hovliqib gapirmoq. Hovliqib tashqariga chiqib ketdi. Hovliqmay sekin kelaver.
-
[Elmurod]
-
Jilgʻadan jilgʻaga parillab uchgan kakliklarga oʻq uzar, kaklik gandiraklab tushgan yerga qoqila-qoqila, hovliqib yugurar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Barzangi zingʻillab arava yoniga bordi-yu, boyagidan beshbattar hovliqib qaytib keldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Kishi yoshlikda koʻp hovliqadi, xato qilganini bilmay qoladi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Bezovta, hayajonli holatga tushmoq, shunday holatda boʻlmoq.
-
U vazmin, har qanday sharoitda ham oʻzini tutib turadi, uncha-munchaga hovliqib ketmaydi. Mirmuhsin,Surat
-
— Nima qildi opamga, ayajon, bundoq tushuntirib aytsangiz-chi, axir! — dedi hovliqib. K. Yashin, Hamza
-
Hovliqqanimdan halloslab, oʻpkam tiqilib qolgan ekan, buvim jon holatda divandan turib ketdi. H. Nazir, Yonar daryo
HOVLIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОВЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hovliq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar