hovli
bilan ulashing
1. Biror oila, xoʻjalik, tashkilot va shu kabilarga tegishli joyning imorat qurilmagan, odatda, atrofi oʻralgan qismi.
-
Qoʻshnining hovlisi. Maktab hovlisi. Hovliga suv sepmoq. Hovliga gul ekmoq.
-
Toʻyga kelganlarning bari shovqin-suron bilan oxiri hovlidagi stollarga bir-bir joylashib oʻtirishdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Chap sohilda esa, qadimiy chinor tagida choyxona, uning hovlisida billurdek tiniq chashmalar qaynab yotadi. Gazetadan
-
Shu lahza karvon-saroy hovlisida oʻzining saman yoʻrgʻa baytalida Hoji tabib paydo boʻldi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Biror oila, xonadon yashaydigan uy (shu uyga qarashli sahn va yer maydoni bilan birga); hovli-joy, uy-joy.
-
Hovli sotib olmoq. Hovlidan koʻchib ketmoq. Hovli toʻyi. Hovli olma, qoʻshni ol. Maqol
-
Qishoq koʻchalari jimjit, faqat hovlilarda nimadandir bezovta boʻlib itlar hurishadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
3. Xonadon, oila.
-
Mirzo Anvar uch-toʻrt kundan beri mening hovlimda qoʻnib yurar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Ahmadjon urushga kirib ketdim, deganicha ikki oy xat qilmagani uchun hovlidagilar ne-ne xayollarga borishgan edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
hovli soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dala hovli, dalahovli
-
Dala hovlining oldidan katta soy oqib oʻtadi. Gazetadan
Ichki (yoki ichkari) hovli
-
Boybuva ichkari hovlidan hassasini toʻqillatib chiqib keldi. Ertaklar
Hovli-joy
-
Oradan koʻp oʻtmay Meʼmorning hovli-joylarini sotib, shahardan chiqib ketganini eshitdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
— Pulni behuda sarfla-mang, mulla, uch-toʻrtta gilam, bir-ikkita sigir olib qoʻying, hovli-joy qiling. Yolgʻiz beda naga ham don kerak, ham suv, — dedi Olaxoʻja. P. Tursun, Oʻqituvchi
HOVLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОВЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hovli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar