hov
bilan ulashing
1. Uzoqdagi kimsa yoki narsaga ishorani bildiradi.
-
Hov tepalikdagi oq toshni koʻryapsanmi? — Sigirlar qani? — Hov ana, tepalikda oʻtlab yuripti.
-
Boring, hov soy boʻyiga muzdek joy qiling! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Birvarakayiga odamlar orasida gap tarqaldi: — Hasanova kelyapti, qaranglar, hov ana. Sh. Toshmatov, Erk qushi
2. Ancha ilgarigi narsa, hodisaga ishorani bildiradi.
-
Albatta, yodingizda boʻlsa kerak, hov, biz Sariboyning doʻkonida choy ichishib oʻtirgan edik-ku, yodingizga tushdimi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
hov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hov birda
-
Agar ruxsat bersangiz, hov birda sizga koʻrsatgan maktubni oʻrtoqlarga oʻqib eshittirsam. Z. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi
und.s. S.t. ayn. ho I 1.
-
[Yormat] Yoʻlchiga buyurdi: — Hov yigit, kechagi chopiqni bitirib qoʻying! Oybek,Tanlangan asarlar
taql. s. It hurgandagi ovozni ifodalaydi; bob.
-
Lekin kuchuk keskin bir hov bilan jim boʻldi, yalqovlanib, yana yotdi. Oybek,Tanlangan asarlar
HOV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar