ivi
bilan ulashing
Suv yoki boshqa suyuqlikni emib, shimib hoʻl boʻlmoq, nam tortib yumshamoq; boʻkmoq.
-
Suvda ivigan non. Kiyimlarim yomgʻirda ivib ketdi.
-
Sulton tovoqdagi qaymoqni shimib, ivib qolgan non burdalarini lunjiga toʻldirib chaynay boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Safarov, papiros naychasining ivigan joyini tishi bilan uzib, puflab tashladi-da, oʻychan javob berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
1. Quyulib qolmoq, quyuq tortmoq, quyuqlashmoq (qon haqida).
-
Qayerda-dir tomsa tomchi qon, Sening yuragingda iviydi. U. Qoʻchqorov, Hayajonga koʻmilgan dunyo
2. Qatiqqa aylanmoq (sut haqida); uyimoq.
-
Och uyda qatiq ivimas. Maqol
3. Buzilib, aynib qolmoq, chirib tushmoq.
-
Sut ivib qolibdi.
IVI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИВИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ivi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar