jizilla
bilan ulashing
1. Jon achitib ogʻrimoq, lovullamoq.
-
Yaram jizillab ogʻriyapti.
-
Bobur yarador oyogʻining jizillab kuyib ogʻrigani va Ahmad Tanbalning qoʻlidagi qilich allanechuk tanish ekanini bir vaqtda his qildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. koʻchma Jizzakilik qilmoq.
-
— Oʻzing xato qilgandirsan! — deya jizillay boshladi Doʻndiq. Oydin, Doʻndiqdan ham yosh ekan
jizilla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yuragi jizillamoq
-
— Yaxshi koʻrasanmi oʻzi? — Ha. Bir kun koʻrmasam, yuragim jizillab turadi [dedi Musa]. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Nazira oʻsha vrach yigit, Komiljon bilan turmush qurishibdi. Buni eshitib, Yigitalining yuragi allanechuk jizillab ketdi. D. Nuriy, Osmon ustuni
aynan Jazillamoq.
-
Kabobpaz barraday non betiga jizillagan allaqancha sixlarni qalab, piyoz va garmdori bilan qoʻyib ketdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
-
Xayol bilan boʻlib, baliqni aylantirishni ham unutib qoʻyibman, bunday qarasam, seli chiqib jizillayapti. N. Fozilov, Diydor
JIZILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИЗИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jizilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar