kinoya
bilan ulashing
1. Masxaralash, kulish uchun asl maʼnosidan boshqa, majoziy maʼnoda aytilgan soʻz, gap; qochirim, istehzo, piching, kesatiq ifodasi.
-
— Xoʻsh, sizcha nima qilish kerak, oʻqimishli akam! — dedi kinoya bilan Yoʻlchi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Saodatxonning yuzidagi jiddiylik oʻrnini gʻalati, kinoyaga oʻxshagan tabassum egalladi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
-Norboyevamisiz? Mehnatdan qochib kelibsiz-da, singlim, —
-
Uning koʻzoynak orqasidagi koʻzlari kinoya bilan qisildi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Shodi Mudarrisovich iljayib turar, soʻzlarida hazil aralash kinoya ohangi bor edi. D. Nuriy, Osmon ustuni
2. ad. Uslubiy vosita: badiiy asardagi inkor etish usullaridan biri boʻlib, biror shaxs yoki narsa ustidan kesatiq, qochiriq vositasida yashirin kulishdan iborat.
KINOYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИНОЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kinoya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar