ko‘plash
bilan ulashing
Koʻpchilik boʻlmoq; koʻpchilik boʻlib, birgalashib harakat qilmoq.
-
Koʻplashib ishlamoq. Yuk mashinasini koʻplashib ariqdan chiqarib oldik. Koʻplashgan yovni qaytarar. Maqol
-
—
-
Chivin koʻplashsa, filni yiqitadi, degan gap bor, — dedi Ergash salmoqlab. — Chumoli birlashsa, chiyonning poʻstini titadi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Aholining yarmi xotinlar. Koʻplashib puflashsa, shamol turgʻizadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
KO‘PLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎПЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘plash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar