ko‘pirtir
bilan ulashing
1. Koʻpirmoq 1 feʼlining orttirma nisbati.
-
Bir krujka pivoni koʻpirtirib quyishga katta ilm, hunar kerak boʻlmasa kerak. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi.
-
Yigit gavdasi, qulochi bilan suvni koʻpirtirib, kuchli chayqatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Boʻrttirib, oshirib gapirmoq, mubolagʻa qilmoq.
-
Aslida, boʻlib oʻtgan voqea ahamiyatsiz bir gap edi. Biroq, uni shishirib, koʻpirtirib yuborish mumkin. S. Ahmad, Hukm
-
Kechirasizlar, Abdukarim — raisning laganbardori, rosa koʻpirtirsa kerak, deb oʻylarsiz S. Ahmad. Choʻl burguti.
ko‘pirtir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻiz koʻpirtirmoq
-
Uning xushmuomalaligi, dilkashligi toʻgʻrisida ogʻiz koʻpirtirib gapirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi;
-
Mexanizatsiya tarafdori boʻlib, majlislarda ogʻiz koʻpirtiradigan akamlarni mendan koʻra yaxshiroq bilasizlar. N. Safarov, Katta karvon yoʻlda
KO‘PIRTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎПИРТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘pirtir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar