ko‘pik
bilan ulashing
1. Maʼlum sabablarga koʻra suyuqliklarda hosil boʻladigan mayda pufakchalardan iborat massa.
-
Suv koʻpigi. Pivo koʻpigi.
-
[Soy] Oʻz yoʻlida uchragan haybatli toshlarga zarb bilan urilib, chaqmoq chaqqanday, qirgʻoqqa halqa-halqa koʻpik sochmoqda. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
[Elmurodning:] Shoyad Yoʻldosh bilan bir qismga tushsam, dardlashib yurar edik, degan umidi ham sovun koʻpigiday tez oʻchdi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Odam yoki hayvonning mayda-mayda pufakchali soʻlagi.
-
Komissar, ogʻzidan koʻpik kelib, pol ustida choʻzilib yotardi. M. Muhamedov, Kichik garnizon
-
[Hoʻkiz] Oʻrnidan qoʻzgʻala olmay, ogʻzidan oq koʻpik oqizib, koʻzlari olayib, boʻkirib yotibdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. koʻchma Maʼnosiz, quruq narsa haqida.
-
Hazrat shayxning bu koʻpik soʻzlariga bir iljayib qoʻydi-yu, yana unga soʻz qotdi. K. Yashin, Hamza
KO‘PIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎПИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘pik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar