taqir
bilan ulashing
1. ot Geogr. Qattiq qatqaloq bilan qoplangan yer.
-
Tuya quvlasa, shudgorga qoch, Ilon quvlasa — taqirga.
-
Qum uyumlari orasida nuqul gildan hosil boʻlgan maydonlar uchraydi. Bunday joylar taqir deb ataladi. Oʻzbekiston geografiyasi
-
Oqmagan daryoning nomidir taqir. A. Oripov, Yillar armoni
2. sifatdosh Giyoh oʻsmaydigan yoki deyarli oʻsmaydigan; yaydoq, yalangʻoch.
-
Toʻgʻri, olti-yetti yil ilgari bu joylar — Qarshi choʻli taqir yerdan farqi yoʻq edi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. sifatdosh Oʻt-oʻlansiz, oʻt-oʻlani yerdan koʻrinmaydigan (oʻsmagan) darajada.
-
Qoʻnishdagi taqir yalanglikda kuni bilan toʻyib oʻtlagan qoʻy-echkilar kavsh qaytarib yotibdi. S. Anorboyev, Oqsoy
4. sifatdosh Sochi, juni, tuki yoʻq; tuksiz.
-
baʼzi oʻrtoqlarning aldamchiligini koʻrganda, taqir dahanimga soqol chiqib ketishiga oz qoldi. Mushtum
-
Jamshid shundoq deraza tagida, taqir gilam ustida uxlab qoldi. Sh. Xolmirzayev, Togʻlarga qor tushdi
5. sifatdosh Koʻchma Hech narsa toʻshalmagan; yalangʻoch.
-
Taqir yerda uxlamoq.
-
Yoʻldosh aka taqir sholchaga, xuddi sakkiz qavat koʻrpachaga oʻtirganday, bamaylixotir yostanib oldi. H. Nazir, Vasiyat
6. ravish Sira, aslo; mutlaqo, butunlay.
-
Bu ishdan taqir xabarim yoʻq.
-
[Nodira:] Uy anjomlarim, kiyimlarim koʻzimga taqir koʻrinmadi. Hamza, Maysaraning ishi
-
— Koʻz tikib turgan yerlarimiz eski ariqdanki suv icholmaydi, yangi ariqdan taqir icholmaydi, yana azalgiday qaqrab yotaveradi, — dedi Xasan soʻfi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Mumkinmi, aytgin axir? Bu ish yaramas taqir. Q. Muhammadiy
7. Sira qoldirmasdan, tozalab, qirtishlab; tozalangan.
-
Sochini taqir qirdirgan bir kishi sal jilmayib qarab turardi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
U kishi [boy] shoʻrvani pishiradi, lekin moyini suzib ichadi, goʻshtini yeydi, menga taqir suyak bilan bir kosa jirsiz suv keltiradi. Oybek, Tanlangan asarlar
8. sheva Chala tugʻilgan chaqaloqning terisi.
taqir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taqiri chiqmoq
-
Mol oralab ketgan angʻizlarning allaqachon taqiri chiqqan. N. Qobil, Unutilgan sohillar
TAQIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАҚИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taqir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar