taqlid
bilan ulashing
1. Shaxs yoki narsaning ovozi, xatti-harakati va shu kabilarni iloji boricha aniqlik bilan, oʻziday qilib aytish, bajarish; oʻxshatma ovoz, harakat qilish.
-
Shodon askiyalar, payrov va taqlid Davrani porlatar misoli chiroq. A. Isroilov
-
Ming yildirkim, bulbul kalomi Oʻzgarmaydi, yaxlit hamisha. Ammo shoʻrlik toʻtining holi Oʻzgalarga taqlid hamisha. A. Oripov, Yillar armoni
2. Ijod, faoliyatda oʻzgalarga ergashish, oʻzgalar namunasi asosida ish olib borish.
-
Taqlid esa, aksincha, boshqa yozuvchiga koʻr-koʻrona ergashish, unda tasvirlangan hayot lavhalarini oʻzlashtirib, mexanik surat-da koʻchirishga olib keladi Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
taqlid soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taqlid qilmoq (yoki etmoq)
-
U qishloq korchalonlari va boyonlarining yurish-turishlarini, qiliqlarini juda doʻndirib taqlid qiladi. H. Shams, Dushman
-
Frislarning odatlari, yurish-turishlarini artistlardek harakatlar bilan jonli taqlid etib, masxara qilar edi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Yomonni tanqid qiladi, yaxshiga taqlid qiladi. Maqol
-
Bola taqlidchi boʻladi, u oʻz otasiga taqlid qilishga harakat qiladi. S. Zunnunova, Yangi direktor
Taqlid soʻz yoki taqlidiy soʻz
TAQLID so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАҚЛИД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taqlid so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar