ko‘tar
bilan ulashing
1. Yerdan yoki yotgan joyidan uzib, ajratib olmoq.
-
Zambar koʻtarmoq.
-
Ergash u bilan quchoqlashib koʻrishmoqchi boʻlgan edi. Normat uning belidan mahkam quchoqladi-da, dast koʻtarib, uni ayvon supasiga chiqarib qoʻydi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Yerdan uzilgan, ajralgan holda tutmoq, qoʻlda tutmoq.
-
Sumka koʻtarib, bozorga bormoq. Kolonna boshida bayroq koʻtargan qizlar bormoqda.
-
[Otabek] Otni axtaxonaga bogʻlab, sovgʻa toʻldirib kelgan ipak xurjunni koʻtarib, ichkariga kirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Maxdum shu soʻz bilan ichkariga kirib, hovli sahnida chaqaloq koʻtarib turgan Raʼno yonidan ayvonga oʻtdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. Oʻz ustida tutgan holda yurish-tortish, eltish qudratiga ega boʻlmoq.
-
Tuya koʻp yuk koʻtaradi.
-
Toshxoʻja eshon hazilakam eshon oʻtgan emas, boqib qoʻyilgan oʻn beshta otdan uni faqat ikkitasigina koʻtara olar edi, xolos. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Yuqori, baland holatda tutmoq, yuqoriga chiqarmoq.
-
[Sidiqjon] Birdan boshini koʻtardi va Kanizakka qaradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Obidjon chiroqning piligini koʻtaribroq qoʻydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. Biror narsani uyib, ustma-ust qilib, ustiga qoʻyib baland qilmoq.
-
Dambami koʻtarmoq. Yoʻlni koʻtarmoq. Marzani koʻtarmoq.
-
— Suvni uch-toʻrt chaqirim yuqoridan ikki yogʻiga chim bosib, koʻtarib kelish lozim boʻladi, — dedi Alim buva. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
6. koʻchma Oshirmoq, koʻpaytirmoq (kuch, daraja, narx-navo va shu kabilar haqida).
-
Narxni koʻtarmoq. Temperaturami koʻtarmoq.
-
Keyin ovozini pardama-parda koʻtarib, doʻq ura ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Brigada hosildorlikni ikki baravar koʻtarishga muvaffaq boʻldi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
7. koʻchma Mavqeyini, hol-qudratini, moddiy ahvol va shu kabilarni yaxshilamoq.
-
Obroʻyini koʻtarmoq.
-
[Qodir:] Yaxshi qilibsiz kolxozning ahvoli yomonga oʻxshaydi, koʻtarish kerak. Uygʻun, Navbahor
8. Yuqori mansab yoki lavozimga tayinlamoq, belgilamoq.
-
Pastdan yuqoriga koʻtarmoq. Xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga dadil koʻtarish kerak.
-
[Akrom hoji:] Agarda xon koʻtarish manim qoʻlimda boʻlsa edi, xon qilib Otabekni koʻtarar edim! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
9. koʻchma Bardosh qilmoq, toqat qilmoq; chidamoq. Bolaning injiqligini onasi koʻtaradi.
-
Kampirga aytma, koʻtarolmaydi. IYodgorboydan] Qora xat kelgan! A. Qahhor, Asror bobo
-
Bosh muharrir, Rahim akaning qobiliyatli xodim ekanligini nazarda tutib, baʼzi erkaliklarini koʻtarardi. F. Musajonov, Himmat
10. koʻchma Hazm qilmoq, singdirmoq.
-
Har qancha ovqat boʻlsa, koʻtaradi — kuchi koʻp. Bemor palovni koʻtarolmadi.
-
Tomogʻi taqillab oʻtirgan dutorchi koʻtarmasalar — ichmasinlar desa ham, Nabigul unamadi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
11. Yoqtirmoq, suymoq; toqat qilmoq.
-
Bundan keyin har bir ishni men bilan bahamjihat qiling, oʻzbilarmonlikni koʻtarmayman. Oybek, Tanlangan asarlar
12. koʻchma Biror ish-harakat qilishga ilhomlantirmoq, safarbar qilmoq.
-
Mustamlakachi zolimlarga qarshi yana xalqni koʻtaraylik! Qudratning ishini oxiriga yetkazaylik! N. Safarov, Uygʻonish
13. koʻchma Oʻz ustiga olmoq, oʻz hisobidan toʻlamoq (sarf-harajat haqida).
-
Umurzoq aka: — Bolalar bizga shuncha yordam berishdi. Endi sayohat qilib kelishsin. Butun yoʻl xarajatini kolxoz koʻtaradi, — dedi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Endi Shoabdufattoh Xoʻjayevning sarfini ham koʻtaraylikmi? A. Qahhor, Ogʻaynilar
14. koʻchma s. t. Yoʻq qilmoq, yoʻqotmoq, bitirmoq.
-
Adovatni oradan koʻtarmoq.
-
Musulmonqul zolimlarni oʻrtadan koʻtarib, yurtga osoyish berganda, unga kim nima deya olar edi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U oʻrtadagi noqulay jimlikni koʻtarib tashlash uchun Gʻiyosni gapga soldi. K. Yashin, Hamza
15. koʻchma s. t. Ichmoq, urmoq (may haqida).
-
Qadah koʻtarmoq.
-
[Ravshan polvon] Xonim olib kelgan konyakdan koʻzlarini chirt yumib, bir ryumkasini koʻtarib tashladi. O. Yoqubov, Larza
16. kam qoʻll. Qarzga olmoq.
-
Bir pud gʻallani, topilsa, uch pud gʻallaga boʻlsayam, jon deb koʻtaramiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Matqovul kelasi yil hosili hisobiga Hakimjon boyvachchaning otasi Latifjonboydan pul koʻtarib, ot oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
17. so‘zlashuv tili Yetishtirmoq, olmoq.
-
Gektar boshiga oʻn tonnadan hosil koʻtardik.
18. Ayrim otlar bilan birikib, shu ot bildirgan narsani yuzaga keltirishni ifodalaydi.
-
Janjal koʻtarmoq. Isyon koʻtarmoq. Shovqin-suron koʻtarmoq.
-
shikoyat qilaqol, boshingni devorga urib, faryod koʻtar. K. Yashin, Hamza
ko‘tar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻl koʻtarmoq
Bosh koʻtarmoq
Boshiga koʻtarmoq
Burnini koʻtarmoq
-
Ular [Yormatni] soʻkishar edi: — Xoʻjayinning laychasi-ku, burnini bir qarich koʻtarganiga hayronmiz. Oybek, Tanlangan asarlar
Gap koʻtarmaslik
Koʻkka koʻtarmoq
Koʻnglini koʻtarmoq
-
Koʻngilni doʻst koʻtarar. Maqol
Sirkasi suv koʻtarmaydigan odam
Uy koʻtarmoq
-
Kampir egila-bukila, terlab-pishib uy koʻtarayotgan edi. H. Nazir, Bir tup gʻoʻza
KO‘TAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎТАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘tar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar