kovla
bilan ulashing
1. Ichiga qarab oʻymoq, oʻyib chuqur qilmoq, qazimoq.
-
Ariq kovlamoq. Oʻra kovlamoq. Quduq kovlamoq.
-
Gʻulomjonlar shu bir necha kun ichida ungurni uch qulochdan ortiq kovlab qoʻydilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Oʻzing kovlagan goʻrga oʻzing kir! N. Safarov, Tanlangan asarlar
2. Kovlash asbobi vositasida yoki boshqa yoʻl bilan yerdan, tuproq ichidan chiqarib olmoq, qazib olmoq.
-
Kartoshka kovlamoq. Koʻmirni kovlaganga yoqtir, molni mirishkorga boqtir. Maqol
-
Toʻnkalarni kovlab, bir chekkadan yorilsa, talay oʻtin beradi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Barmoq yoki biror narsa tiqib tozalamoq.
-
Samovar tagini kovlamoq.
-
Mamaturdi qora, sinchalogʻi bilan oʻng qulogʻini bir kovlab olgach uyidan chiqadi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Kovlab turmasangiz, choʻgʻni ham kul bosadi. Qanotli soʻzlar
4. Biror narsa bilan ostin-ustin qilib agʻdarmoq, aylantirmoq.
-
Oʻtni kovlamoq. Qozondagi ovqatni kovlamoq.
-
Bir devona gulxan tevaragidan aylanib, qoʻlidagi kosovi bilan toʻrt tomondan kovlar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. s. t. ayn. Kovlashtirmoq.
-
Oʻtni kovlasang — oʻchar, qoʻshnini kovlasang — koʻchar. Maqol
-
Mening fuqarom bir ota, bir onaning bolalariday ittifoq, bir-birini kovlashni boshaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Hadeb buzilavergandan keyin u yogʻini kovlaydi, bu yogʻini kovlaydi, xullas, ichida nimasi boʻlsa, barini bilib oladi. S. Ahmad, Togʻ afsonasi
6. Qoʻl solib qidirmoq, axtarmoq, titkilamoq.
-
Gʻulomjon gadoyning boʻsh, ochiq qoʻliga bir narsa tashlash uchun choʻntaklarini kovlay boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ayol sakrab pastga tushdi-da, sumkasini kovlab, pul qidira boshladi. S. Ahmad, Ufq
7. koʻchma Miridansirigacha tekshirmoq, surishtirmoq, koftukov qilmoq.
-
Ota-buvamni kovlab, gazetaga urib chiqishdi. Sh. Rizo, Qor yogʻdi, izlar bosildi.
-
— Hamma narsaga razm solib, kovlab yurasan-a, pismiq! — jerkib tashladi [Gulnorni] Nuri. Oybek, Tanlangan asarlar
kovla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gap kovlamoq (kavlamoq)
KOVLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОВЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kovla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar