kufr
bilan ulashing
1. din. Xudoni, dinni tahqirlash.
-
Xudo va rasulga boʻlgan haqorat kufr va murtadlik boʻlib, kofir va murtadning jazosi qatl emasmi? S. Ayniy, Qullar
2. Diniy, sharʼiy tamoyillarga toʻgʻri kelmaydigan, xudoga xush kelmaydigan, nosharʼiy.
kufr soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kufr ahli
-
Kimki sendan yuz oʻgursa, ermas ul tolibi din, Topshir ul kufr ahlini sen qodiri jabboringa. Uvaysiy.
-
Bandasi avval kufr ishlarni koʻp qiladi — qiladi-da, keyin birdan doʻzaxni eslab qoladi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
Kufr boʻlmoq
-
Nima balo, biron ishdan kufr boʻlib borayotgan ekanmi, haytovur, Yolgʻizjonning yuziga tarsaki tortib yuboribdi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
Kufr ketmoq
-
Baʼzi mahallar kufr ketishdan ham toymas edi shoʻrlik ona! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Birov: Davlatmandga davlatni xudo bergan, kufrga ketma, deb kampirga dakki berdi, kimdir pulga mardikor yollayotgan puldorlarning goʻriga gʻisht qaladi. K. Yashin, Hamza
Kufri otmoq
-
Zokirning kufri oshib: Sendan yaxshilik chiqmas ekan deb yanib qoldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Rais yoʻqligimni bilsa, battar kufri oshadi-da H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
Kufri chiqmoq
-
Birpas kufri chiqib turardi-da, Abduhafizning gaplarini eslab fikridan qaytardi. R. Fayziy, Hazrati inson
KUFR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУФР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kufr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar