kulgi
bilan ulashing
1. Xursandlik, vaqtichogʻlik va zavqlanishni ifodalovchi, boʻlinib-boʻlinib chiqadigan tovushlar, ovozlar.
-
Samimiy kulgi. Zalda kulgi koʻtarildi.
-
Sidiqjon kimningdir qattiq kulgisidan uygʻonib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Qogʻozi koʻchgan devorlar, toza boʻlsa ham, eskirib ketgan darparda, sargʻaygan choygumni koʻrib, qanoat hosil qildi, shekilli, yana koʻzlarida kulgi oʻynadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Mazax yoki kalaka qilinadigan narsa; kalaka, mazax ifodasi; masxara.
-
Bu oʻrinsiz ishdan Oftob oyim achchiqlandi: — Manim holim senga kulgimi, qizim? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Birontasini chaqirsam, keyin, albatta, masxara qilishadi, kulgi, mazax uchun ularga bahona topiladi, deb oʻyladi Gulnor. Oybek, Tanlangan asarlar
KULGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЛГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kulgi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar