material
bilan ulashing
1. Biror maqsad uchun kerakli xomashyo, modda.
-
Qurilish materiallari. Bodomning yogʻochi duradgorlik va uskunasozlik uchun yaxshi material hisoblanadi.
-
Zargar materialning konstruktiv va egiluvchanlik imkoniyatini yaxshi bilishi kerak. Gazetadan.
2. Asos yoki dalil vazifasini oʻtaydigan maʼlumot, manba va shu kabilar
-
Ilmiy ish uchun material toʻplamoq.
-
Oʻzbekistonlik jangchi yigitlarning partizanlar harakatiga qoʻshilib, shafqatsiz jang olib borganliklarini arxiv materiallari asosida oʻrganib, jonlantirdim. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
3. Umuman, biror narsa haqida mavjud boʻlgan, tayyorlangan, eʼlon qilingan narsa.
-
Jurnal sahifalaridan oʻrin olgan materiallarning hammasi ham bir saviyada emas. F. Musajonov, Himmat
-
Baʼzan idorada gazeta uchun material tayyorlash qiyin boʻlganidan, Mustahkam akaning choyxonasida kechalari material ishlab, ertalab ishga kelardim. N. Safarov, Olovli izlar
4. Gazlama, mato.
-
Kostyumbop material. Shimlik material.
MATERIAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАТЕРИАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
material so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar