metin
bilan ulashing
1. ot Toshloq va qattiq yerlarni qazish, tosh kesish uchun ishlatiladigan uchli choʻkich yoki tesha.
-
Farhodlar ter toʻkar tun-u kun bunda, Metinlar zarbiga chiday olmas tosh. Uygʻun
2. sifatdosh Qattiq, zarang.
-
U [Yoʻlchi] bu yerga oldin suv qoʻyib, yer yumshagandan soʻng kovlash kerakligini anglasa ham togʻaning amridan chiqmaslik uchun metin joyni kavlayverdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Mustahkam, buzilmas.
-
Metin saflar.
-
Dushmanning qoʻrgʻoni juda metin ekan. Oybek, Navoiy
-
Ahmad Dadamat akani metin irodali odam deb oʻylagan edi. F. Musajonov, Himmat
METIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЕТИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
metin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar