model
bilan ulashing
1. Biror narsaning (masalan, avtomobil, inshoot, kiyim va shu kabilarning) xuddi oʻzidek yoki kichraytirib, kattalashtirib olingan, koʻplab ishlab chiqarish uchun andoza boʻladigan nusxasi.
-
Traktor modeli. Stanok modeli,
-
Asad qoʻydi modelin, uchdi model havolab. T. Toʻla
2. snt. Tasviriy asarning, masalan, haykalning loy, mum, gips yoki yogʻochdan yasalgan, keyinchalik undan qolip olish asosi-da chidamli materialdan asl nusxa tayyorlanadigan xomaki nusxasi.
-
Rassom oʻz asarini boshlar ekan, eng avvalo, maʼlum estetik kechinmalarni uygʻotadigan, oʻy surishga majbur qiladigan, zavq baxsh etadigan model tanlashi kerak. A. Umarov, Portret — davrning yorqin ifodasi
3. snt. Rassom rasm chizayotganda yoki fotograf suratga olayotganda muayyan, kerakli vaziyatda turadigan erkak yoki ayol (naturachi).
4. Quyuvchilikda qolip tayyorlash uchun yogʻoch yoki metalldan yasalgan nusxa.
-
Model sexi.
5. koʻchma Ommaga, jamoatchilikka u yoki bu modelyer yaratgan yangi model (namuna)dagi kiyimlarni namoyish etuvchi xizmat-chi ayol yoki erkak.
MODEL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОДЕЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
model so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar