muqaddima
bilan ulashing
1. Adabiy-badiiy, ilmiy, musiqiy asarlar va boshqalarning boshlanish qismi; kirish, debocha.
-
Kitobning muqaddimasi, Muqaddima bermoq.
-
Bu xil muqoyasaga Istambulda nashr etilgan Fuzuliy devoniga yozilgan muqaddimani misol qilib koʻrsatish mumkin. OʻTA
2. Gap va nutqda asosiy maqsadga koʻchishdan oldin aytilgan soʻzlar, gapning daromadi.
-
Boʻtaboy qisqacha bir muqaddimadan keyin majlisni ochib, binokorlik brigadasining boshligʻi Toʻlaganga soʻz berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Mehmon gapning muqaddimasini yaxshigina boshlagan, endi biror yoʻl topib, asli muddaoga oʻtishi kerak edi. S. Ayniy, Doxunda
3. Biror ishning boshi, dastlabki bosqichi, debochasi.
-
Kumushning erdan chiqqan xabarini Kumushning oʻzidan ham ilgari tushungan va Otabekdan ham ilgari sezgan Homidning sovchisi boshqa sovchilarning muqaddimasi edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
MUQADDIMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУҚАДДИМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
muqaddima so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar