navo
bilan ulashing
1. Kuy, ohang; xonish.
-
Qumrining toʻyi: Bezalgan uyi, Nayning navosi Qayta-qaytadan Chalinib tinmay. Gʻ. Gʻulom
-
Shundan soʻngra sen qadah ushlab, Xumor koʻzla boqqil samoga, Tingla qushning ezgu orzusin, Quloq bergin mayin navoga. H. Olimjon
2. koʻchma Maʼlum bir narsaning zavqi.
-
Avaz oʻrnidan qushday yengil turdi. Oppoq boʻlib yorishgan yangi tong havosidan, bezovta koʻnglida tugʻilgan yangicha bir tuygʻular navosidan jon-jahoni yayradi. S. Siyoyev, Avaz
3. (katta harf bilan) Shashmaqom tizimidagi ikkinchi maqom nomi
-
Dutorni sozlash uchun reza kuylardangina olib turgan mashshoq, Otabek kutmagan joyda, Navo dan boshlab yuborgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. kam qoʻll. Gʻam-alam ifoda etuvchi ayanchli ovoz; nola.
-
Koʻzlarida nozik bir oʻt chaqnadi. U faxr oʻtimidi, yo qahr oʻti — bilib boʻlmadi. Lekin magʻrur kishining ovozi bilan emas, dilgir kishining navosi bilan javob qildi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
snt. Yarim yoy shaklidagi bezak turi; shift bilan devor oraligʻidagi qayrilma egik bezak.
-
Usta Shirin Murodovning ganchli ajoyib navolari koʻpgina binolarni bezadi. Gazetadan
NAVO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАВО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
navo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar