nokas
bilan ulashing
1. Vijdoni, insofi yoʻq, yaramas, qabih, pastkash.
-
Nokas odam.
-
— Xonxoʻjalik Sayfulla eshonni men oʻzimga ustoz deb bilar edim. Aslida oʻsha nokas meni shu yoʻlga olib kirdi, — dedi Boʻronboy. O. Husanov, Qoʻshiqchining taqdiri
2. soʻk. Yaramas, ablah.
-
Ha, tutuni bulut koʻrmagan nokas. Sening otang shunday qurumsoq edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Qora qishda toʻy qilmay, Battar boʻlgur nokas, gov. A. Oripov, Hayrat
3. Birovga hech narsasini ravo koʻrmaydigan; baxil, xasis, qurumsoq.
-
Nokasdan qarz boʻlma — ham yoʻlda qistaydi, ham goʻrda. Maqol
NOKAS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОКАС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nokas so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar