nola
bilan ulashing
1. Gʻam-alam, hasrat ifodalovchi ayanchli ovoz; afgʻon, figʻon, faryod.
-
Ingrab, oʻksib qolgan onasiz Koʻkka, yerga sigʻmas nolasi. H. Poʻlat
-
Gʻulomjon ruhiy azob otashida qovurilib, xoʻrlik jon-jonidan oʻtib ketgan kezlarida oʻzini tutolmay nola qilardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Yolvorish, oʻtinish, iltijo ifodalovchi ovoz, mungli tovush.
-
[Mirkarim] Kecha-kunduz xudoga ibodat va nola qilib, pachava boʻlgan oʻz ishining oʻnglanishini va totli oʻtmishning qaytarilishini soʻrardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. koʻchma Qushlar sayrashi yoki musiqa asboblaridan tarqalgan ovoz.
-
Dutor nolasi.
-
Devor orqasi Sohib qorining anorzori. Hammayoq jimjit, faqat onda-sonda bulbullar nolasi eshitiladi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Nayning sehrli nolasi butun dala boʻylab aks sado berdi. Gazetadan
4. Musiqa bezaklaridan biri; ashula aytganda, biror soʻz yoki soʻz boʻgʻinida ovozni choʻzib, tebratib xonish qilish.
NOLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nola so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar