nom
bilan ulashing
1. Shaxs yoki narsa-predmetlarga qoʻyilgan ot; ism.
-
Shahar nomlari. Nom qoʻymoq. Nom bermoq.
-
Keksayib qolgan eshonning xotirasi ancha pasayganidan koʻp vaqt oʻz oʻgʻillarining nomlarini ham xotinidan soʻrab olar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Biror sohaga, guruhga oidlikni bildiruvchi atama.
-
Mansur, Muslim! Senga bir gap boʻldimi? Muallim degan nomimiz bor, shunday vaqtda ish koʻrsatmasak, qachon koʻrsatamiz?! 3. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi
3. Faoliyatning biror sohasida erishgan yutuq, malaka darajasini koʻrsatish uchun rasmiy yoʻl bilan beriladigan unvon.
-
Faxriy nom. Xizmat koʻrsatgan artist degan nom. Klassik kurash boʻyicha mamlakat chempioni degan nom.
4. Koʻpchilik orasida maʼlum-mashhurlik; dong, dovruq, shuhrat.
-
Nomi chiqqan kurashchi. Nom chiqargan jamoa xoʻjaligi.
-
Ochil Eshnazar Siyob volostining Qoʻshtamgʻali qishlogʻida nom chiqargan shaxs edi. M. Oʻrinxoʻjayev, Unutilmas kunlar
nom soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nomi bilan
-
Oʻzbekiston nomi bilan.
Nomiga
-
Nomiga choyxona.
-
Ayrim tumanlarda makkajoʻxori nomigagina ekilayotganga oʻxshaydi, aks holda, yer boʻsh yotmasin deb don sochib, keyin oʻz holiga tashlab qoʻyilmas edi. Gazetadan
-
Huri, oldin nomiga bir oz koʻnmay turar, keyin majburan borayotganday, yuziga qaygʻuli ifoda berib chiqib ketardi. F. Musajonov, Huri
Nomidan
-
Jamoa nomidan tashakkur bildirmoq. Oʻz nomidan tabriklamoq.
NOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar