nomaʼlum
bilan ulashing
1. Kimligi, nimaligi aniq maʼlum boʻlmagan, aniqlanmagan.
-
Nomaʼlum miqdor. Toʻyning qachon boʻlishi hali nomaʼlum.
-
Nomaʼlum kimsa yoʻlakning qorongʻi qismiga oʻzini olib, koʻzini Sayfidan uzmay tura boshladi A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Hali hech kim bilmaydigan; jumboq, sirli.
-
Nomaʼlum orol.
-
Qizlar nimani oʻylaydilar va nima toʻgʻrisida maʼyuslanadilar, bu esa qizlarning bizga nomaʼlum boʻlgan ichki sirlaridir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Xorazmiyning boshlangʻich taʼlimi va qanday sharoitda Xorazmni tashlab ketganligi hozircha fan uchun nomaʼlum. Fan va turmush
3. mat. Matematik yoʻl bilan topilishi zarur boʻlgan miqdor, kattalik.
-
Maʼlumlarni nomaʼlumlardan ajratmoq.
NOMAʼLUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОМАЪЛУМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nomaʼlum so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar