nomer
bilan ulashing
1. Bir turdagi predmetlarning ichida har birining tartib raqami.
-
Uy nomeri. Telefon nomeri.
-
Shukur, el qatori eshigimda nomer qoqilgan. Har qayerda bir yuz-u oltmish uchinchi, deb xat tashlasang keladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Hujjat, roʻyxatga olish va shu kabilar belgisi sifatidagi maʼlum raqamlar yozilgan yorliq, taxtacha.
-
Mashina nomeri. Velosiped nomeri. Pasport nomeri.
3. Kiyim-kechak, poyabzal va shu kabilarning katta-kichikligini, oʻlchamini bildiruvchi raqam.
-
Men undan ikki nomer katta etik kiyaman.
4. Mehmonxona, hammom va shu kabilarda alohida boʻlma, xona.
-
— Mehmonni mehmonxonaga olib bordim. Unga ikki xonali juda yaxshi nomer olib qoʻyilgan ekan, — dedi Meliboy aka. A. Qahhor, Dumli odamlar
-
Qoʻqonda nomerda bir Oʻris injener bilan tanishdim. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Teatr, sirk, konsert va shu kabilarning har bir alohida ijro etiladigan qismi.
-
Programma nomerini eʼlon qilmoq.
-
Konferansye — yoshgina bir mariy yigiti chiqib: — Konsertimizning birinchi nomerida oʻzim mashq qilib beraman, — dedi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Avdeyev navbatdagi masʼuliyatli nomerni bajarishga tayyorgarlik koʻrish uchun qoʻshni xonaga kirib ketdi. Fan va turmush
6. harb. Toʻpchilar, pulemyotchilar guruhida maʼlum xizmatni bajaruvchi jangchi.
nomer soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nomeri oʻtmaydi
-
Har qanday yoʻl bilan oʻz ishingizni bitirish payida boʻlasiz. Endi nomeringiz oʻtmaydi, ogʻayni, ha, bilib qoʻying. Men sizning doʻstingiz emasman, — dedi Nuriddin. O. Husanov, Doʻstlar.
NOMER so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОМЕР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nomer so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar