nomard
bilan ulashing
1. Erkak emas, mard boʻlmagan.
-
Koʻzlarimga ishonmayman! Begim, bu ne hol? Nechun mardona kiyim kiyibsiz? — Nomardlar koʻpayib ketgani uchun mardona kiyindim. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Yaxshilikni, adolat-insofni bilmaydigan, qoʻlidan tantilik kelmaydigan; noinsof, vijdonfurush.
-
Nomard odam, shu shu, juvon ishim bitdi, eshagim loydan oʻtdi, deb unutib ketadigan nomardlardan emasmiz, deb Xoʻjabekovning oldiga kelib turadigan boʻldi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. soʻk. Yaramas, ablah, nokas.
4. Yuragi yoʻq, qoʻrqoq.
-
Mard yigit qoʻli-da ajdar oʻladi, Nomard odam ipni ajdar biladi. Fozil shoir
NOMARD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОМАРД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nomard so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar