1. Maʼlum yoʻnalishda harakatda boʻlmoq (yurmoq, uchmoq, oqmoq va hokazo)
It hurar, karvon oʻtar. Maqol
Koʻchadan oʻtayotgan yosh-u qari qoʻlini koʻksiga qoʻyib, otaxonga salom beradi, hol-ahvol soʻraydi. Gazetadan
Dala yoʻllari gʻiz-gʻiz oʻtib turgan mashinalardan gavjum, avtobuslar serqatnov. H. Gʻulom, Binafsha atri
Bu qush har zamon bir tomoq qoqib, koʻkda argʻimchoq solib oʻtayotgan turnalarni kuzatib qoladi. S. Ahmad, Hukm
2. Sath yoki boshqa makonda maʼlum yoʻnalishdagi harakatni taʼminlaydigan narsa yoʻnalgan (choʻzilgan, yotqizilgan) boʻlmoq.
Yer ostidan gaz quvurlari oʻtgan.
Tol oʻsgan yerdan koʻcha oʻtgani uchun, daraxt kesib tashlandi. Gazetadan
Darchaning orqasi anorzor, uning etagidan anhor oʻtadi. I. Rahim, Chin muhabbat
Demak, shu buta ostidan telefon simi oʻtgan. A. Qahhor, Oltin yulduz
3. Maʼlum joy, sath va shu kabilar oraligʻida (biror tomonga qarab) harakatlanmoq, shunday harakat bilan uni orqada qoldirib, undan keyingi joyda mavjud boʻlmoq.
Gullar yuzida xanda, bu bogʻdan yor oʻtdimi? S. Zunnunova
Qiz bedapoyadan oʻtib, soʻl yoqdagi daraxtlar orasida gʻoyib boʻlgach, Yoʻlchi yana ishga tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ahmadjon bir chordevordan oʻtib, kichkina maydonga chiqqanida, roʻparada pulemyot tarilladi. A. Qahhor, Oltin yulduz
4. Qarama-qarshi tomonlari (boshi va oxiri, ikki cheti) boʻlgan yoʻl, ochiq joy, teshik va shu kabilarning tomonlari oraligʻida harakatlanmoq (yoʻnalmoq) va shu yoʻnalishda bir tomonini qoldirib, ikkinchisida hozir boʻlmoq.
Daryodan oʻta boshladi. Zovurdan sakrab oʻtdi. Teshikdan narigi hovliga oʻtmoq.
Yoʻlning narigi yuziga, avtobus bekatiga oʻtmoqchi boʻldi-yu, oʻsha zahoti bu fikridan qaytdi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
5. Yurib yoki boshqa harakat bilan (yoʻnalib) maʼlum joy, oʻrinda mavjud boʻlmoq; oʻrin olmoq, joylashmoq.
Oldingi qatorga oʻtmoq. Mehmonlar maxsus hozirlangan xonaga oʻtishdi.
Muslimjon, qani, toʻrga oʻting. N. Safarov, Olovli izlar
6. Ish-faoliyat koʻrsatayotgan joyini oʻzgartirib, boshqasiga koʻchmoq.
Texnikumdan rabfakka oʻtibsan deb eshitdim yaxshi qilibsan. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
Ahmad Akmalxonning koʻp joylarda ishlab chiqqanini eshitgandi, ikkinchi programma deyapti, demak, radioga oʻtibdi. F. Musajonov, Himmat
7. Ish-faoliyatini yoki undagi usul va shu kabilarni oʻzgartirmoq, boshqasiga koʻchmoq.
Konveyer usuliga oʻtmoq. Savdo ishiga oʻtmoq. Pudrat usulida ishlashga oʻtmoq.
Segohga oʻtdi, yana allaqanday gʻamgin, ezgin kuylarni aytdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
8. Oʻz joyini oʻzgartirmoq, biridan boshqasiga koʻchmoq.
Men bir turmadan ikkinchi turmaga oʻtayotibman, nega yigʻlaysan! A. Qahhor, Tomoshabogʻ
9. Egalik, tasarruf oʻrni oʻzgarmoq.
Bu yerlar korxona ixtiyoriga oʻtdi.
Ularning oʻzaro pisandalariga muvofiq, yangi yerlar, chiqariladigan suvlar Teshaboyga tekinga oʻtadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
10. Kimda yoki nimadadir boʻlgan narsa, xususiyat va shu kabilar boshqasiga ham koʻchmoq, unda ham paydo boʻlmoq.
Hokim yigirma besh soldatning kuchi oʻziga oʻtib qolgandek, kuchana boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Ularning biridagi shoʻxlik va zavq ikkinchisiga tez oʻtar edi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
Kumush toʻy oʻzbeklar uchun yangi odat boʻlib, Yevropa xalqlaridan oʻtgan. Gazetadan
11. Taʼsir etmoq, taʼsiri yuzaga kelmoq.
Kaltak oʻtmaydi. Oyogʻidan sovuq oʻtdi.
Bir yosh yigitning ikki ogʻiz gapi Salim Gʻafforning u yoq-bu yogʻidan oʻtib ketdi. Mushtum
12. Oʻz yoʻnalishida muayyan joydan (nuqtadan) ilgari yoʻnalmoq, uzoqlashmoq.
Safar boʻzchi Abdurahmonning toʻxtaganidan xabarsiz ikki-uch qadam nariga oʻtgan edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Enka-tinkasi chiqib ketganidan, Valijon tushadigan be-katidan oʻtib ketganini endi sezdi. Gazetadan
13. Bir xil yoʻnalishdagi harakatda (yurish, yugurish, suzish va boshqalar) ortda qoldirmoq, undan oʻzmoq, oʻzib ketmoq.
Marraga yaqinlashganda, barcha poygachilardan oʻtib, marra chizigʻini birinchi boʻlib kesib oʻtdi.
Goh afandi eshakdan, goh eshak afandidan oʻtib, uyga yetdilar. Latifalar
14. Koʻchma Biror xususiyat, belgi, xatti-harakat va shu kabilarda boshqalarini ortda qoldirmoq; ustun, yuqori boʻlmoq.
Qamishkapada bundan oʻtadigan yuzi qora yoʻq P. Tursun, Oʻqituvchi
Ichimizda Yuvoshdan oʻtadigan terimchi yoʻq. E. Raimov, Ajab qishloq
Qovunlar gʻarq pishgan. Bir-birovidan oʻtaman derdi. Mushtum
15. Mazmunidan ish-harakat anglashuvchi otlar, shuningdek, -sh/-sh qoʻshimchali harakat nomi bilan qoʻllanib, shu soʻz bildirgan ish, harakat qilishni boshlash, shunga kirishish maʼnosini bildiradi.
Oxiri yigʻlashga oʻtdi. Biror natija chiqmagach, doʻq-poʻpisaga oʻtdi. Hujumga oʻtmoq.
16. Kechmoq (biror ish, voqea, hodisa jarayoni haqida).
Kengash yaxshi oʻtgan edi chamasi, Gʻiyosiddinovning vaqti chogʻ edi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
Davra suhbati savol-javob tarzida oʻtdi. Gazetadan
Garchi operatsiya muvaffaqiyatli oʻtgan, xirurg roppa-rosa toʻrt soat oʻlim bilan olishgan boʻlsa-da, biroq bashoratga hali erta edi. Gazetadan
17. Yuz bermoq, boʻlib oʻtmoq; kechmoq.
oʻzimdan qandoq kamchilik oʻtganiga hayronman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Abdurasul bilan qassob oʻrtasida oʻtgan gaplar esiga tushdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
18. Keyinda qolmoq; kechmoq (vaqt haqida).
Yillar oʻtdi, bir oz ulgʻaydik, bu kun — Vatan xizmatiga bir qadar dastyor. A. Oripov
Oltin kuzning oltin damlari oʻtib bormoqda. Gazetadan
19. Shaxsning shu feʼl bogʻlangan soʻz anglatgan raqamdagi yoshi boshlanishi, shu yoshga qadam qoʻyishi maʼnosini bildiradi.
Oltiga (olti yoshga) oʻtdi.
Qizimizning boʻyi choʻzilib, oʻn toʻrtdan oʻn beshga oʻtib qoldi. Mushtum
20. Umrning yoki maʼlum qismining shu feʼl bogʻlangan soʻz anglatgan ish, holat bilan kechishini bildiradi.
Yoshim qirqqa yetdi. Na xotin, na bola-chaqa. Dunyodan toq oʻtdik hisob. Oybek, Tanlangan asarlar
Xonumonimdan kechaman, dunyodan portfelsiz, paltosiz oʻtaman, ammo bu ishni ochmasdan qoʻymayman. A. Qahhor, Bek
Umri mashinada oʻtgan kishini konservator deganlariga hay-ronman. Mushtum
Mana, umrim oʻtdi, nuqul azob ichida oʻtdi. Oybek, Tanlangan asarlar
21. Barham topmoq.
Boʻronning tezda oʻtib ketishiga koʻzim yetmaydi Mirmuhsin, Meʼmor
Azim boyvachcha, Shoʻro hukumati bahor yomgʻiridek tez oʻtib ketadi, deb oʻylar edi. S. Ahmad, Hukm
Shamollagansiz, xafa boʻlmang, oʻtib ketadi. Oybek, Tanlangan asarlar
22. Biror ish, mansab, tashkilot va shu kabilarga kirmoq, tayinlanmoq, qabul qilinmoq.
Partiyaga oʻtmoq. Deputatlikka oʻtmoq.
Oqibat, Vohidov aytgan nomzod oʻtdi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
Boʻta raislikka oʻtmasa, men xijolat boʻlib qolaman. S. Ahmad, Hukm
23. Xarid qilinmoq, sotilmoq.
Bu matolar yaxshi oʻtmayapti.
Korxona xoʻjayini ertalab domlaga: — Agar magazinlarda oʻtmay yotgan mollardan bir oz olmasalar, buyurtma bajarilmaydi, — debdi. A. Qahhor, Sarob
24. koʻm. fl. vzf. Yetakchi feʼldagi harakatning davomliligi, yoʻlakay bajariluvchi harakat ekanligi kabi grammatik va modal maʼnolarni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Sen hovliga bor, joy tayyorla. Bir yoʻla magazinga ham kirib oʻt. N. Safarov, Olovli izlar
25. Biror masalaga oid mavzu, asar va shu kabilarni oʻqish, oʻrganish, tinglash amaliyotini oʻtkazmoq; oʻqitmoq, oʻrgatmoq (oʻqimoq, oʻr-ganmoq).
— Oʻqiganmisiz? — dedi uning soʻzini kesib boyvachcha. — Oʻqiganman. Navoiy, Fuzuliyni ham oʻtganman — javob berdi Gulandom. Oybek, Tanlangan asarlar
Hamida biologiyadan nimalar oʻqiganini, bu oʻquv yilida yana nimalar oʻtilajagini soʻzlab berdi A. Qahhor, Adabiyot muallimi
Bahridan oʻtmoq
boshi oltindan boʻlsa ham, shu odamning bahridan oʻting. N. Safarov, Olovli izlar
Haliyam boʻlsa, buning bahridan oʻt. P. Qodirov, Qora koʻzlar
Boshidan oʻtmoq
Kim tabib — /example>boshidan oʻtgan tabib, deyishar edi, ilmsizlik boshingizdan oʻta turib, shu gapni gapirasiz-a?! A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
Boshimdan oʻtgan gaplarni birovga aytish qayoqda, esimga tushsa, oʻzim choʻchib ketaman. P. Tursun, Oʻqituvchi
Jonidan oʻtmoq
Boyagi gaplar Ummatalining yonidan oʻtgan boʻlsa, bunisi jonidan oʻtib ketdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
Kuni oʻtmoq
Mehnat kuningdan ham kechib, Kuning oʻtar aroq ichib. Mushtum
Uka, bor — boricha, yoʻq — holicha, ishqilib, bir kunimiz oʻtib turibdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Koʻz oʻngidan oʻtmoq
Qoraqalpoq elining Amu toʻlqinlaridek sokin, joʻshqin hayot lavhalari koʻz oʻngimdan oʻtdi. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
Koʻzi oʻtmoq
Mana, oʻqi, koʻzing oʻtsa, komissar buyrugʻini. Mirtemir
Bir vaqtlar doʻppi tikdim, koʻrpa qavidim endi unday ishlarga koʻzim oʻtmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Koʻnglidan oʻtmoq
Hamma gapni eshitib olgan ekan pismiq chol, degan fikr har ikkala yoshning ham koʻnglidan oʻtdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Soʻzi oʻtmoq
Uning togʻasi amaldor, amaldor boʻlganda ham, qayerga uzatsa, qoʻli yetadi, nima desa, soʻzi oʻtadi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
Oʻzing(iz)dan oʻtar gap yoʻq
Bu ish kechasi boʻlgani maʼqul. Kunduzi boʻlsa, oʻzingdan oʻtar gap yoʻq, xunukroq koʻrinadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Oʻtib tushmoq
Bu ishda, ayniqsa, Junaidxonning sodiq sardori Matchon toʻra hammasidan oʻtib tushdi. J. Sharipov, Xorazm
Qadri oʻtmoq
Oxir vaqt bola qadri oʻtib, har bir shahardan oʻgʻil olib kelib boqib, qirqta oʻgʻil boqib oldi. Boʻtakoʻz
Qatorga oʻtmoq (yoki kirmoq, qoʻshilmoq)
Qatorga kirolmagan dehqonlarga boshqacharoq tadbir qoʻllanadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
Uning [Sidiqjonning] nomi chiqmaganligiga hech kim eʼtibor qilmagan boʻlsa ham, nazarida, hamma unga: Xafa boʻlmang, axir bir kuni qatorga kirib qolasiz, deyayotganday boʻlar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Qoʻlidan oʻtmoq
Ne-ne beklarning otlarini koʻrganman, ne-ne otlar oʻz qoʻlimdan ham oʻtgan. Oybek, Tanlangan asarlar
1. Kesmoq, qirqmoq.
Qattiq yogʻochga bolta yaxshi oʻtmayapti.
Sabziga oʻtmaydigan pichoqni yoningda olib yuribsanmi?
2. Ichiga botib, oʻyib kirmoq; teshmoq, sanchilmoq.
Oʻq oʻtmaydi.
Ahmoqqa aytgan bilan gap uqmaydi, Xarsangga qoqqan bilan mix oʻtmaydi. Maqol
O‘T so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.
Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.
Batafsil Izoh.uz loyihasi haqidaTVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.
TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.
O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.
Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.
DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.
DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.
O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.
Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.
O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.
С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.
O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.
Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.