o‘zicha
bilan ulashing
1. Mavjud holatini saqlab, qanday boʻlsa shundayligicha, oʻzgarmasdan yoki oʻzgartirmasdan; aslicha.
-
Loyiha oʻzicha qoldi. Matnni oʻzicha qoldirmoq.
2. Oʻz aqli doirasida, oʻz tushunchasiga muvofiq.
-
Hovlida kezib yurgan mast Salimboyvachcha oʻzicha fursatni va tasodifni juda qulay topdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qumriniso bu qarashga oʻzicha maʼno berib, qizarganday boʻldi. A. Qahhor, Xotinlar
-
Har kim oʻzicha hikoyaning magʻzini chaqqanday jimib qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Birov bilan kelishmasdan, oʻz xohishi bilan; mustaqil ravishda.
-
Bundan yigirma kunlar burun usta Olimning ustakor bilan nima uchundir urishganligi va shundan soʻng oʻz uyiga doʻkon qurib, oʻzicha ishlay bosh-laganligi anglashilar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Petka, dushman bostirib kelayotganda, oʻt ochgani komanda bermagan komandirni xoin gumon qilib, oʻzicha oʻt ochgan. A. Qahhor, Oltin yulduz
4. Oʻzidan-oʻzi; oʻz holicha.
-
U shunda allanechuk shavqlanib, oʻzicha kulumsirar edi. N. Maqsudiy, Yuksalish
-
[Yigit] Qamchini koʻtardi-yu, yana sekin yoniga tushirdi. Chol buni sezdimi, yo oʻzichami: — Chopkingiz keldimi, oʻgʻlim? — deb soʻradi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. Shunchaki oʻzi.
-
Ha, barakalla! Undan keyin, xotining oʻzicha kelganmikin? Yoʻq! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
6. Oʻziga xos, alohida.
-
Yaxshi qiz bilan suhbat qilishning ham oʻzicha bir gashti boʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
O‘ZICHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЗИЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘zicha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar