obdan
bilan ulashing
1. Rosa; xoʻp.
-
Ovqatni xoʻp chaynagan yaxshi, gapni obdan oʻylagan yaxshi. Maqol
-
Agar boshqa yigit boʻlganida, shu tunda yo obdan kaltak yerdi, yo quyon boʻlib qochardi — Hafizani sharmanda qilardi Mirmuhsin, Umid
2. Juda, juda ham.
-
Shaharda bir mahallada boʻlganimiz uchun obdan yaxshi bilaman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Baliqni dimlamoqchi boʻlsangiz, obdan qizdirilgan duxovkada dimlang. Saodat
3. Batamom, butunlay; mukammal suratda.
-
Kenja brigadasi yangi yerga obdan oʻrnashib olguncha, kolxozdan koʻpchilik hasharga borib turdi. H. Nazir, Mayoq sari
-
Stol turli noz-neʼmatlar bilan obdan yasatilgan. M. Jabborov, Sevinch yoshlari
OBDAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОБДАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
obdan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar