oftob
bilan ulashing
1. Quyosh, kun.
-
Odamning yuzi oftobdan issiq. Maqol
-
Oftob chiqdi olamga, Yugurib bordim xolamga. Folklor
-
Palataga kirdik. Shu payt oftob yana bulut ostiga kirdi-yu, palatani shom qorongʻiligi bosdi. A. Qahhor, Ming bir jon
2. Quyosh tarqatayotgan nur; quyosh harorati.
-
Tanasi ikki katta qulochga sigʻmaydigan bir tup sada tevarakka tangaday oftob tushirmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ustidagi gimnastyorkasi yomgʻirda yuvilib, oftobda oʻngib, oqarib ketgan edi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Ayam meni bundaqa oftobda jizgʻinak boʻlish uchun tuqqan emas. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
3. Quyosh nuri tushib turgan, quyosh isitib turgan joy.
-
Oftobda isinmoq. Tekinga mushuk ham oftobga chiqmaydi. Maqol
-
Umrida qarmoq ushlamagan chollar oftobda oʻtirib, toʻr yamashga tushishdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Koʻm-koʻk barglar orasida tizilib, gʻuch-gʻuch boʻlib, oftobda sadafdek yarqirab turgan tutni koʻrib, juvonning ham ogʻzi suv ochdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. koʻchma Yorituvchi, yangilik kirituvchi, oʻzgartiruvchi.
-
Sizga oʻxshagan ayollarimizning har biri qora kun ichida yotgan minglab xotin-qizlarimizning roʻzgʻoriga oftob boʻlib kirib borishyapti. S. Zunnunova, Olov
oftob soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oftobi olamtob
Oftob urmoq
(Orqasiga) oftob tegdi
-
Mana endi mirzam otaliq qilib, oʻrdadan biror ish topib bersalar, taqsirimga ham oftob tegsa ajab emas. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
OFTOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОФТОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oftob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar