partiya
bilan ulashing
Gʻoyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak boʻlgan kishilar guruhidan iborat, muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamlarning manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi siyosiy tashkilot.
-
Xalq demokratik partiyasi.
-
Hozir kuchga kirayotgan partiyalarga, yangi paydo boʻlayotgan partiyalarga ishonchimiz katta. Gazetadan
-
Sir emas, partiyamiz tashkil topgan dastlabki yillar viloyatda uning moliyaviy asosi ham pishiq-puxta boʻlishi lozimligini koʻrsatdi. Gazetadan
1. Biror maqsadda muayyan ishni bajarish uchun birlash(tiril)gan kishilar guruhi.
-
Geologiya-qidiruv partiyasi.
2. Muayyan joyga bir paytda joʻnatiladigan narsa, tovar kabilarning maʼlum (odatda koʻp) miqdori.
-
“Asaka” qoʻshma hissadorlik korxonasi “Neksiya”, Damas, Tiko kabi yengil avtomobillarning partiyalarini ishlab chiqaradi. Gazetadan
3. shaxm. Bir davra, bir qur oʻyin (boshdan oxirigacha).
-
Shaxmat partiyasi.
-
Musobaqaning 10-kuni oʻynalgan A. Nenashev — R. Qosimjonov partiyasi oʻsha kungi, balki butun turnir davomidagi uchrashuvlarning markazida boʻlganligi muqarrar. Gazetadan
-
Qozon shahrida oʻtgan musobaqalarning finalida rossiyalik tengqurlarini uch partiyada magʻlubiyatga uchratishdi. Gazetadan
4. musiqa Koʻp ovozli musiqa asarining (orkestr, xor yoki operaning) yakka sozanda yoki xonanda ijro etadigan tarkibiy qismi va uning notasi.
-
Layli va Majnun musiqali dramasidagi Qays partiyasi.
-
Maqsadim — kelgusida oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlab, teatrda katta partiyalarni ijro etish. Gazetadan
PARTIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАРТИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
partiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar