poligon
bilan ulashing
1. geom. Koʻp burchak(lik); tekislikdagi siniq chiziq.
2. harb. Quruqlik yoki dengizning maxsus inshootlar, qurilmalar bilan jihozlangan va har xil qurollar va jangovar texnikani sinab koʻrish, shuningdek, harbiy mashqlar oʻtkazish uchun moʻljallangan qismi.
-
Artilleriya poligoni.
-
Kapitan poligonda soldatlarning qayerda ekanliklarini bilish maqsadida ulardan biriga murojaat etdi. Gazetadan
-
Oʻquv sinflari, poligonlarda mashgʻulotlar qizgʻin olib borilmoqda. Gazetadan
-
Shimoliy Koreya yadro poligonlarida kuzatilayotgan faollik shundan darak beradi. Gazetadan
3. bnk. Yigʻma qurilish konstruksiyalari va qismlari (masalan, temir-beton panellari) tayyorlash uchun maxsus jihozlangan ochiq maydon.
4. koʻchma Muayyan ish-harakat, faoliyat bilan shugʻullanish maydoni, sohasi.
-
Qiziq, aslida inson qalbi va ongini egallash uchun kurash asosiy maqsadga aylanayotgan davrda mafkuramiz poligonlarini kuchaytirish, rivojlantirish oʻrniga maydonni indamaygina, qoʻl qovushtirib boshqalarga berib qoʻyadigan zamonmi hozir? Gazetadan
-
Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchliroq. Gazetadan
POLIGON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЛИГОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poligon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar