pol
bilan ulashing
1. q.x. Ekin maydonining atrofi marzalar bilan toʻrtburchak shaklida koʻtarilgan va bostirib sugʻorish uchun moslangan bir boʻlagi.
-
Bir pol iyuli. Ikki pol piyoz. Polga suv qoʻymoq.
-
Charaqlab oftob chiqib, sholikorlik pollarini toʻldirgan yomgʻir suvlarini oynadek yaltiratdi. S. Ahmad, Ufq
-
Tushgacha arang uch pol yerdagi pichanni oʻrib oldim. Yoshlik
2. so‘zlashuv tili Marza.
-
Pastga ekdim sholini, Baland koʻtar polini. Qoʻshiqlar
pol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pol olmoq (yoki qilmoq)
-
Pol olib, piyoz urugʻi sepmoq.
-
Barcha ekin maydonlari yigirmanchi noyabrdan yigirmanchi dekabrgacha pol olib, ikki marta qalqitib sugʻoriladi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
1. Uyning, xonaning oyoq bosib yuriladigan va oʻtiriladigan sathi.
-
Taxta pol. Parket pol. Sement pol.
-
Qurbonboy, xotinlarning hayhaylashiga qaramay, polni ham oʻzi yuvdi, gilamni ham oʻzi koʻchaga olib chiqib, qoqib keldi. S. Ahmad, Saylanma
-
Zulayho yalang oyoqlari bilan polni chip-chip bosib, uning tepasiga keldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Uyning, xonaning oyoq bosib yuriladigan sathiga qoplangan taxta yoki parket.
-
Pol taxtasi. Pol qoqmoq.
POL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar