pokiza
bilan ulashing
1. Top-toza, pok.
-
Pokiza idish. Pokiza kiyim.
-
Ona tabiatimizni hamisha toza, pokiza saqlash haqida qaygʻurmogʻimiz lozim. Sh. Rashidov, Yangi yer haqida soʻz
-
Buloq, suvi qanchalik begʻubor va pokiza. U togʻ boshidan ana shu sifatlari bilan pastga intiladi. Yoshlik
-
Odam degan pokiza yurishi kerak. Toza yurgan odamning tabiati ravshan boʻladi. S. Ahmad, Sud
2. koʻchma Halol, pok, toʻgʻri; sof, musaffo.
-
Olima [Xadicha Sulaymonova] hayotining oxiriga qadar xalq uchun pokiza vijdon bilan xizmat qildi. Saodat
-
Oqkoʻngil, pokiza, halol oʻqituvchining yashash tarzi, fikrlash yoʻsini doimo barcha uchun maktab boʻlib kelgan. Fan va turmush
-
Pokiza koʻngli bilan, baʼzan oʻta qattiq qahri, baʼzida juda yumshoq mehri bilan bogʻlab olgan. S. Zunnunova, Olov
3. Ozodalikka qattiq rioya qiladigan, ozoda.
-
Pokiza ayol.
-
Karim aka nihoyatda pokiza, sodda edi. Yoshlik
POKIZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОКИЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pokiza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar