prezident
bilan ulashing
1. Respublika boshqaruvi shaklidagi koʻpchilik mamlakatlarda maʼlum muddatga saylab qoʻyiladigan davlat boshligʻi.
-
Oʻzbekiston prezidenti.
-
Bunda Prezident Islom Karimovning Oʻzbekiston teatr sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisidagi farmoni muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Gazetadan
-
Dehli safari chogʻida Hindiston rahbarlari bilan, jumladan, prezident, vitse-prezident, bosh vazir, boshqa hukumat aʼzolari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Gazetadan
-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun oʻtkazilayotgan musobaqaning barcha ishtirokchilari va tashkilotchilarini tabriklash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi. Gazetadan
2. Baʼzi ilmiy muassasa yoki jamiyatlarning maʼlum muddatga saylab qoʻyilgan boshligʻi, rahbari.
-
Fanlar akademiyasining prezidenti,
-
Konferensiyada Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi prezidenti, taniqli yozuvchi Ch. Aytmatov soʻzga chiqdi. Gazetadan
-
— Yuzaki qaraganda, murabbiylardan davlat madhiyasini aytib berishni soʻrab oʻtirish baʼzilarga boshqacharoq boʻlib tuyulishi mumkin, — deydi federatsiya prezidenti Poʻlat Usmonov. Gazetadan
3. Firma, bank, kompaniya va shu kabilardagi yuqori mansabdor shaxs.
-
Bank prezidenti. Kompaniya prezidenti.
PREZIDENT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПРЕЗИДЕНТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
prezident so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar