protsent
bilan ulashing
1. yana q. Biror son yoki miqdorning yuzdan bir hissasi, ulushi; % belgisi bilan ifodalanadi (foiz).
-
Planning bir protsenti.
-
Oʻninchi oktyabrda yillik paxta shartnomamizning sakson protsentini berib bitiramiz. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Koʻpi bilan bir oy ichida bironta ham yakka xoʻjalik qolmasligi, hamma yuz protsent kolxoz boʻlishi kerak [dedi Shodiyev]. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Qarzga olingan puldan foydalanganlik uchun qarzdor tomonidan pul egasiga toʻlab turiladigan haq, foyda.
-
[Fazliddin] kecha Abdulla akam yigitchani tutib, ota qarzini uz, deb mahkamroq ushlabdi. Keyin hisoblab qarashsa, yigitchaning gardaniga protsent bilan rosa sakkiz yuz soʻm pul tushibdi. Oybek, Tanlangan asarlar
PROTSENT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПРОЦЕНТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
protsent so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar