protokol
bilan ulashing
1. eskirgan
-
Majlis protokoli
-
Sergey kabinetda yolgʻiz qolib, keyingi kunlardagi soʻroq protokollarini shoshmasdan, birma-bir varaqladi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Eshonboyev dekanning betaraf qolish sababini protokolga yaxshilab yozib qoʻydi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan va biror voqea-hodisa yoki holatni tasdiqlovchi hujjat.
-
Ekspertlarning protokoli.
-
Mahalliy tergovchining tergov protokoli bilan harbiy sud prokurorining ayblash qogʻozi topshirilgan vaqtida, u boshqa katta ishni olish toʻgʻrisida oʻziga oʻxshagan bir kishi bilan gaplashib oʻtirgan edi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
3. Jamoat tartibi va qonunchilikni buzganlik haqida tuzilgan dalolatnoma.
-
Avtoinspeksiya protokoli.
4. Xalqaro konferensiyalarning xalqaro shartnoma, bitim kuchiga ega boʻlgan qarori.
-
Savdo munosabatlari haqidagi protokol.
-
Davlat va ijtimoiy qurilish akademiyasida iqtisodiy taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida protokol hamda boshqa hujjatlar va bitimlar imzolandi. Gazetadan
5. dip. Turli diplomatik hujjatlarni amalga oshirish tartibini boshqarib turuvchi qoidalar majmui.
PROTOKOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПРОТОКОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
protokol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar