qirg‘in
bilan ulashing
1. Kishilar koʻplab, yoppasiga qiriladigan, koʻp qon toʻkiladigan urush, jang, bosqin; xunrezlik.
-
Qirgʻin urush. Qirq yil qirgʻin boʻlsa, ajali yetgan oʻladi. Maqol
-
Yigitlarimizga okop qazdiradimi yo miltiq ushlatib, qirgʻinga haydaydimi — bu narsa oqpodshoning ixtiyorida. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Endi avvalgidan battar qirgʻin boʻlishini sezgan bek va navkarlar Andijon qoʻrgʻoniga kirib bekina boshladilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Koʻplab oʻlish, qirilish; oʻlat.
-
Mollarga qirgʻin keldi.
3. koʻchma s.t. Qattiq janjal; urush.
qirg‘in soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qirgʻin solmoq (yoki qilmoq)
-
Hamma qizgʻin qutlaydi Kulib turgan jangchini; Dushmanlarning boshiga Qirgʻin solgan tankchini. Z. Diyor
QIRG‘IN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИРҒИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QIRG‘IN so‘ziga berilgan ma’nolar
qirg‘in so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qirg‘in so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing