kazak
bilan ulashing
1. Rus davlatida 15—17-asrlarda krepostnoy dehqon va shahar kambagʻallari orasidan Don, Yoyiq (Ural), Zaporojye kabi chekka joylarga qochib borgan erkin kishi, rus qozogʻi.
-
Zaporojye kazaklari.
2. Chor Rossiyasida 18-asrdan boshlab yerdan imtiyozli foydalanish evaziga harbiy xizmatni ado etishga majbur boʻlgan, Kuban, Orenburg, Don, shuningdek, askar olinadigan boshqa hududlarda yashovchi harbiy tabaqa vakili va shu tabaqa vakillaridan iborat qoʻshinlardagi askar.
-
Baland boʻyli, paxmoq sochli, dov kazak askarlar xalqni urib, niqtab, orqaga surishga tirishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Peshinga borib xalq zoʻrlik qildi. Kazak askarlari safi siyraklashdi. S. Siyoyev, Avaz
3. Sobiq Ittifoqdagi ayrim (ilgari askar olinadigan) hududlarning tub aholisiga mansub kishi.
KAZAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЗАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan KAZAK so‘ziga berilgan ma’nolar
kazak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
kazak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar