kazarma
bilan ulashing
1. Harbiy qism joylashtiriladigan maxsus bino.
-
Bularning [Kavkaz otliqlarining] kazarmalari amir turadigan joylarning har biriga yaqinroq yerlarda bino qilingan edi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Dam olishga komanda berilgach, kazarma besh daqiqa olagʻovur boʻlib turdi-yu, keyin birdan tinchib qoldi — jangchilarning hammasi oʻz oʻrniga yotdi. H. Olimjonov, Taqdir taqozosi
2. Chor Rossiyasida, hozirgi ayrim xorijiy mamlakatlarda ishchilarning fabrika va korxona qoshidagi umumiy yotoqxonasi.
-
— Hozir shahardan anchagina uzoq bir yerda kazarmalar quryapmiz, — deb yozgan edi xatida Ergash. H. Gʻulom, Toshkentliklar
KAZARMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЗАРМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kazarma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar