baland
bilan ulashing
1. Pastdan yuqoriga tomon oʻlchami uzun; qaddi, boʻyi uzun; novcha.
-
Baland minora. Baland devor. Baland tom. Boʻyi baland. Baland togʻ.
-
Ikki yogʻi baland togʻ — piyoda yursa, oyogʻi kuyadi. Nurali
-
Mashina bir baland tepaning orqasiga oʻtib toʻxtadi. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar
2. Yer yuzasidan yoki boshqa biror sathdan, nuqtadan yuqorida joylashgan.
-
Baland ostona. Baland tokcha. Toshkent dengiz sathidan 480 metr baland,
-
Hovuzdan yigirma qadamcha narida yerdan odam boʻyi baland koʻtarib solingan kattagina shiypon. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Kuch darajasi belgilangan meʼyordan ortiq, kuchli; yuqori.
-
Baland bosim. Baland harorat. Baland ovoz.
-
Isitmasi baland, bosinqirayapti. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Yangasi ovozini baland koʻtarib shangʻilladi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Xotin ovozini baland chiqazishga qoʻni-qoʻshnidan andisha qilardi. S. Ahmad, Ufq
-
Kulgi balandroq koʻtar1di. A. Muxtor, Opa-singillar
4. koʻchma Baʼzi belgi, xususiyatlarning ortiq, yuqori darajadaligini ifodalaydi.
-
Qishloq qizining gʻururi baland boʻladi. Yoshlik
-
Mehnatdir tuproqdan bizni koʻtarib, Aziz boshimizni qilolgan baland. F. Gʻulom
-
Baland martabali mehmon yonboshlab sigara chekar, boshqalar kamtarlik bilan choʻkka tushib oʻtirardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. Yer sathiga nisbatan yuqorida joylashgan nuqta; tepalik.
-
Arslon aka kranlar gurullagan balanddan tushib, atrofga qaradi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqla
-
Bu soʻzni eshitib oyim Margʻumon, Zina bilan tushib keldi balanddan. Nurali
-
Parisan, uchar-san, albatta koʻkka, Qirq gazdan yuqori balandga uchma. Gulshanbogʻ
-
Balandda, yulduzli koʻkda, qayoqqadir samolyotlar uchib oʻtdi. Oybek, Quyosh qoraymas
6. koʻchma Qadr-qimmatli, eʼzozli, yuqori.
-
Ota oʻgʻli boʻlsang, ota nomin baland tut. Maqol
-
Mijgʻov va past, gʻiybat gaplardan Jajji sheʼrim qoʻyurman baland. A. Oripov
7. koʻchma Unumli, samarali; moʻl, koʻp.
-
Agar suv olib kelinsa, ming yillardan beri chorva qiylari qatlam-qatlam boʻlib ketgan bu joyda paxtadan eng baland hosil olsa boʻladi. S. Ahmad, Jimjitlik
baland soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baland kelmoq
-
— Ogʻzingizga qarab gapiring, gʻiybat qilib nima qildik? — Obidov baland kelmoqchi boʻlib boʻynini choʻzdi. S. Zunnunova, Olov
-
-
Hay-hay bolalarim, bittang baland kelganda, bittang past boʻlsang-ku, olam guliston. I. Ahmedov, O. Tolipov, Kim ayb-dor?
Baland oxurdan suv ichgan
-
Buncha balanddan kelmang, past tushing. Sotasizmi axir, olaylik (Savdolashishda).
Dimogʻi (yoki tumshugʻi) baland
Qoʻli baland
-
Ammo sugʻdiylarning qoʻli baland kelib turgan bir payt-da gʻanim tomon Maroqanddan bir tuman miqdorida qoʻshimcha madad oldim. OʻzME
BALAND so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЛАНД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baland so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar