balandlik
bilan ulashing
1. Yer sathidan yuqorigacha boʻlgan oraliq masofa; yuksak joylashgan fazo.
-
Nihoyat, asfalt koʻchadan oʻng tomonga burildik va balandlikka oʻrlagan oʻnqir-choʻnqir yoʻlga tushdik. Saodat
-
Uzoqdan, oy balandligidan ona-Yer yanada goʻzalroq koʻrinadi.Guldasta. Balandligi toʻrt-besh terak boʻyi keladi. Sh. Xolmirzayev, Soʻnmas oʻt
2. Tekis yer yoki pastlikdan yuqori turadigan joy; makon; tepalik.
-
Koʻktepa balandligi, agar tili boʻlsa aytardi. Sh. Xolmirzayev, Soʻnmas oʻt
-
Oldinda yoʻl boshlovchi, keyinda Nazirali bilan kampir balandlikka koʻtarilishdi. Oydin, Mardlik-mangulik
3. koʻchma Ingichka yoki yoʻgʻonlik (tovush, ohang haqida).
-
Harakat tezligi oshganda, tovush balandligining oʻzgarishini izohlash oson. Fan va turmush
4. geom. Geometrik shaklning (koʻpburchak, koʻpyoq, konus, silindr va boshqalar) yuqori nuqtalaridan asosiga tushirilgan eng katta perpendikulyar.
-
Konusning balandligi. Koʻpburchakning balandligi. Koʻpyoqning balandligi.
BALANDLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЛАНДЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
balandlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar