quloq
bilan ulashing
1. Odam hamda umurtqali hayvonlarning eshitish hamda muvozanat aʼzosi va uning tashqi qismi.
-
Odamning qulogʻi.
-
Otning qulogʻi.
-
Quloq pardasi.
-
Quloq suprasi.
-
Quloq kasalliklari.
-
Quloqqa boldoq taqmoq.
-
Qulogʻini (qulogʻidan) choʻzmoq.
-
Qiy-chuv, chagʻir-chugʻur quloqni kar qiladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
qoʻchqor qoʻngʻiroqli quloqlarini erkalanib silkidi. Gazetadan
2. Baʼzi narsalarning ushlash, ilib qoʻyish yoki mahkamlash uchun xizmat qiladigan qismi.
-
Chelakning qulogʻi.
-
Yogʻoch karavotning qulogʻi.
-
Chigʻiriqning qulogʻi.
-
Qozonchining erki bor, qaydan quloq chiqarsa. Maqol
3. Bosh kiyimlarning quloqlarni va iyakni yopib, issiq tutib turish uchun tushirib qoʻyiladigan uzun qismi.
4. Baʼzi mexanizm va musiqa asboblarining burab ishga tushirish yoki sozlash uchun xizmat qiladigan qismi.
-
Dutorning qulogʻi.
-
Mashshoqlar oʻz asboblarining quloqlarini burab, sozini toʻgʻrilashdi. A. Qahhor, Sarob
-
Shu mashinaning qulogʻini burasang, lagancha gir-gir aylanib, ashula, dutor-tambur vangʻillayveradi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ota radioning qulogʻini buradi. N. Maqsudiy, Yuksalish
-
Manov bogʻichni — parda, Manov ipni tor deydi. Manov — quloq, bu — xarrak, Yaʼni eshak boladir. E. Vohidov, Kuy avjida uzilmasin tor
5. so‘zlashuv tili Avtomobil, traktor va shu kabilar mashinalarni boshqarish uchun xizmat qiladigan qurilmasi; rul.
-
Hushyorlik bilan mashina qulogʻini burab ketayotgan yosh shofyor Kozim, oʻzining harbiy holatda ekanini sezib, nihoyatda gʻayratlangan. M. Muxamedov, Mashq
6. so‘zlashuv tili Oʻsimlikning barg yoki nihol yozadigan yeri; dastlabki niholcha, bargcha.
-
Uch yuz gektarcha yerning gʻoʻzasi uchinchi marta ekildi. Ammo biz ham boʻsh kelmadik: gʻoʻza quloq koʻrsatdi deguncha parvarishlab, yaganalayverdik. Y. Shamsharov, Yengish
-
Bahor jalalari pollarni suvga toʻldirib, sholi qiyogʻining qulogʻidan tortib chiqardi. S. Ahmad, Ufq
-
Ariq boʻyidagi ikki quloq boʻlgan yalpizning hidi biram dimogʻga yoqadi. Gazetadan
quloq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jon qulogʻi bilan yoki jon qulogʻini tutib
-
Majlis ahli uning nutqini jon qulogʻi bilan tingladi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Millatning buyuk oʻgʻlonlari, oqila va zarifalari soʻzlaganda, ularni jon qulogʻimiz bilan eshitamiz. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
-
uning gaplariga jon qulogʻini tutib turgan Nuqraning sekin nafas olishi — nafis koʻksining sekin borib kelishi ham sezilib turardi. Mirmuhsin, Nuqra
Ikki qulogʻi
-
Tun yarmidan ogʻib, atrof jimishi bilan ikki qulogʻim derazada boʻladi. Deraza tagiga noʻxatdek narsa tushsa sezaman R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
Ogʻzi qulogʻida
-
ja xursand, ogʻzi qulogʻida, yoʻrgʻalagancha ketyapti. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Toʻraning ogʻzi qulogʻida, koʻngli nimadandir taskin topgan edi. N. Fozilov, Diydor
Quloq bermoq
-
Muharrir bir yarim soat bekorga oʻtgan vaqtga achinib, bizga quloq berdi. A. Qahhor, Sarob
Quloq-miyani yemoq (yoki qoqmoq)
-
Ilgari Erkak degan roʻzgʻorni but qilib qoʻyadi-da! deb shangʻillab, quloq-miyani yerdi Yoshlik
-
Buvnisa xola erining quloq-miyasini qoqib, shu yil Sodiqjon kanikulga kelganida, albatta uylantirib qoʻyajagini aytdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
Quloq osmoq
-
Agar surishtirib, haqiqatni oʻrniga qoʻyaman desa, uning va u singarilarning soʻzini hamma yerda tinglashadi. R. Rahmonov, Tinib-tinchimas
Quloq solmoq
-
Hamma jim turib quloq soldi. Hech qanday ovoz yoʻq edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Raʼno ham Anvarning soʻziga diqqat bilan quloq solar va koʻpincha hisobsiz savollari bilan uni koʻmib tashlardi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Husayn Boyqaro Navoiyni qattiq hurmat qiladi, uning oqilona gaplariga quloq soladi. OʻTA
Quloq tishlash
-
Toʻtixon bilan Nabijonning yulduzi bir-biriga toʻgʻri kelmadi. Yoshlikdagi quloq tishlashlar ham chippakka chiqdi. Mushtum
Quloq tutmoq
-
Eshik yopilgach, boshliq zipillagancha yurib, ostonaga yaqinlashdi-da, egilib, qabulxonaga quloq tutdi. N. Aminov, Qahqaha
-
Fotima bundoq quloq tutsa, maʼruzachilarning gaplari yuz foiz toʻgʻri. T Ashurov, Oq ot
Quloq eshitmagan
-
Zamin qandaydir kuchli quvvatdan titrab ketdi va shu lahzada quloq eshitmagan portlash roʻy berdi. Gazetadan
Quloq qoqmay
-
Buning gʻayriqonuniy ekanligini tushunib turgan yigit jindakkina deb atalgan 600 soʻmni quloq qoqmay eplashtirib olib keldi. Mushtum
Quloqqa olmoq
-
[Otabek] goʻyo majburiyat ostida ota nasihatini quloqqa oladigandek boʻyin egib oʻtirar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Qulogʻi bitmoq
-
Muttasil portlashlar zarbidan Ahmadjonning qulogʻi bitgan, biron joyga snaryad yoki bomba tushganini tuproq koʻtarilib tushganidangina bilar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Qulogʻi ding
Qulogʻi ding boʻlmoq (yoki tikkaymoq)
-
Hasanalining quloqlari tikkayib, oʻrnidan turdi, koʻzi olalangan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Qulogʻi yoʻq
-
Qulogʻi yoʻq bola boʻlyapsan.
Qulogʻi ostida (yoki tagida) qolmoq
-
Qushxonaga kirib, ne koʻz bilan koʻray, miqqiyning qulogʻi ostida qolgan, yaʼni oʻlgan edi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Shunday qilinmaganda, har ikki tomondan bir necha kishining qulogʻi ostida qolishi turgan gap edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Qulogʻiga aytadigan gap
-
ikkita xat yozdi. Birinchi xat-ku boshdan-oyoq rahmatdan iborat edi, keyingisida qulogʻingizga aytadigan gapim bor degan mazmunda shama qildi. A. Qahhor, Koʻk konvert
Qulogʻiga aytmoq
Qulogʻiga yetmoq
-
Bir kun Sirojiddinning: Farmonovga oʻxshagan amaldorlar noʻnoq dorbozni eslatadi, degani Farmonovning qulogʻiga yetibdi. Mirmuhsin, Sozanda
Qulogʻiga (gap) kirmaydi
-
Olimjon, mani koʻzim sandan boʻlak bolalarni koʻrmaydi. Sandan boshqaning soʻzi qulogʻimga kirmaydi. Hamza, Tanlangan asarlar
-
Bu bolaning qulogʻiga gap kirmaydi.
-
Uning gaplari Meʼmorning qulogʻiga kirmadi. Mirmuhsin, Meʼmor
Qulogʻiga kirmoq
-
Nogoh ot dukuri kirib quloqqa, Choʻchib uygʻonadi keksa chol mudroq. A. Oripov, Yurtim shamoli
Qulogʻiga quymoq
-
Elchida ayb yoʻq. U oʻz hukmdorining qulogʻiga quyib qoʻygan gaplarini gapirdi M. Osim, Toʻmaris
Qulogʻidan kun koʻrinadi
-
Qarang, hammasining yuzidan qoni qochgan. Qulogʻidan kun koʻrinadi. N. Safarov, Uygʻonish
Qulogʻim senda
-
Xoʻp, qani, qulogʻim sizda A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Qulogʻini buramoq
-
Bu bola quloqsiz boʻlib ketyapti, bir qulogʻini burab qoʻyish kerak;
-
Hozir ular komissiyani kutyapti, oʻqituvchilarning ham xoʻp qulogʻini buragandir, bir oz eslaridan chiqsin, keyin boramiz, degandi. S. Zunnunova, Olov
Qulogʻini pishitmoq (yoki pishiqtirmoq)
-
Joʻraxonni ham soʻroqqa chaqirib qolishlari mumkinligini oʻylamagan edi. Qizning qulogʻini pishiqtirib qoʻymaganiga mana endi afsus yeb qoldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
Qulogʻini ushlab ketmoq
-
Toki Yaxshiboyev qulogʻini ushlab ketmagunicha chidashlari kerak M. M. Doʻst, Lolazor
1. Suvning anhor, kanal, oʻqariq va shu kabilardan kichik suv yoʻliga, ariqlarga tarmoqlanib oʻtadigan joyi; dahana.
-
Otang mirob boʻlsa ham, quloqning boshida boʻl! Maqol
-
Tilim shoʻx yallada, doim xayolimda baland hosil, Fikr tekis sugʻormoq boʻlsa, zehnim suv qulogʻida. S. Abdulla
2. Shunday joydan oʻtadigan suv miqdori.
-
[Akbar akaning koʻziga] Shu qadimiy daryodan ekiniga bir quloq suv chiqarib ololmay armonda oʻtgan, baxt izlab elma-el kezgan gʻurumsaroyliklar koʻrindi. Y. Shamsharov, Baxt izlab
tarixiy Qarollar, kambagʻallar, umuman dehqonlarning yollanma mehnatidan foydalanuvchi katta yer egasi, qishloq boyi; boy yoki oʻrtahol dehqon (mustabid shoʻro tuzumi 1929-33 yillarda bunday kishilarni quloq — mushtumzoʻr nomi ostida sinf sifatida tugatish siyosatini olib borgan).
-
Ish tekshirildi, Bozor ota allaqayerdan qochib kelgan quloq boʻlib chiqdi. A. Rahmat, Varrakchi chol
-
Bulturgi yil quloqqa chiqarilib, Ukrainaga joʻnatilgan Abdujalil tegirmonchining kichkina mehmonxonasi Chetan kolxozining idorasi ekanligini biz yuqorida oʻqib bilganmiz. A. Qodiriy, Obid ketmon
QULOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЛОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quloq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar