ro‘zg‘or
bilan ulashing
1. Oʻziga mustaqil har bir oila, har bir xoʻjalik.
-
Ayolning sarishtasi — roʻzgʻorning farishtasi. Maqol
-
Seni deb uyimdan, roʻzgʻorimdan kechdim. S. Ahmad, Ufq
-
Ha, durust, ishga yaroqli polvondek yigit boʻlsang, roʻzgʻorga bosh boʻlasan endi, oʻgʻlim. S. Karomatov, Oltin qum
-
Shu paytgacha doim roʻzgʻor ishi bilan band boʻlgan Malikaxon zavodga ishga kirib ketdi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
2. Shunday oila yoki xoʻjalikka tegishli va uning tirikchiligi uchun zarur anjom-ashyolar, ikir-chikirlar.
-
Roʻzgʻor ziynati — oʻtin, Uy ziynati — xotin. Maqol
-
Qoʻsh-u omoch, bosh aylanmas kichik qoʻrgʻon, Ovqat-roʻzgʻor, kavshay desang — obi yovgʻon. H. Gʻulom, Tanlangan asarlar
-
Agar boshqa odam boʻlgan-da, Mahfuzaga toʻgʻri yoʻl koʻrsatar, roʻzgʻorini butlab olishni oʻrgatardi. Gazetadan
-
Qodir butun roʻzgʻor tashvishlarini zimmasiga olishga majbur boʻldi. Yoshlik
3. Turmush, oila.
-
— Katta qizining roʻz-gʻorini ham shu kampir buzgan.
-
Magazinda ishlaydigan toparmon-tutarmon bir yigitni ichkuyov qilib, rosa sogʻib ichdi, — dedi kelin. S. Ahmad, Choʻl burguti
-
Bularning ham ayrimlarining roʻzgʻor, farzandlari bor, baʼzilari erta-indin uzatiladigan boʻlib, boʻy yetib turibdi. Gazetadan
ro‘zg‘or soʻzi qatnashgan jumlalar:
Roʻzgʻor koʻrmoq
-
Dali Bodomgulning tuprogʻi sovimay, yangisini topibdi. Biron marta roʻzgʻor koʻrmagan, pene yigitlar koʻzini kuydirgan bu tamtam qiz uning tuzogʻiga tushib qolganiga sira tushunolmasdi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Axir men ham roʻzgʻor koʻrgan edim. S. Ahmad, Ufq
-
Roʻzgʻor koʻrsa, tushunib qolar, degan fikrgina Marziya xolaga taskin berar, keliniga ham bularning hammasi vaqtinchaligini uqtirib, koʻnglini ovlardi. S. Zunnunova, Koʻk chiroq
-
U [Mahmud Torobiy] oʻzining Muhammad va Ali ismli ikki ukasi bilan sahardan to shomgacha mehnat qilib, katta roʻzgʻorini tebratib turardi. M. Osim, Mahmud Torobiy
-
Bu paltoni mehnat qilishi, pul topishi, roʻzgʻor tebratishi mumkin boʻlgan soppa-sogʻ shu qoʻllari bilan birovga eltib beradimi? S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
Roʻzgʻor qilmoq
-
Karim qanday aqlli yigit. Bechora ota-onasiz yetim oʻsdi. Roʻzgʻor qilishni toqatsizlik bilan kutyapti. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli;
-
Shunchalik roʻzgʻor qilib, loaqal yumshoqroq non yedirmasak Kishi juda ham uyaladi! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
RO‘ZG‘OR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РЎЗҒОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ro‘zg‘or so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar