sadaqa
bilan ulashing
1. Tilanchiga, muhtojlarga beriladigan xayr-ehson.
-
Shoqosim past, ayanchli ovoz
-
bilan bir nimalar soʻzlab, oʻtkinchilardan sadaqa soʻraydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Eshikdan kirib kelgan tilanchi sadaqa soʻradi. Mushtum
2. Xudo yoʻliga, aziz-avliyolarga ulardan najot istab qilinadigan ehson; qurbonlik.
-
Adolatga qizamiq chiqqanda, er-xotin uch kungacha kiprik qoqmasdan uning tepasida oʻtirishdi, qoʻllariga ilingan har bir narsani uning boshidan aylantirib, sadaqa qilib yuborishaverdi. S. Zunnunova, Gulxan
3. Oluvchi nazarida sadaqa boʻlib tuyuladigan xayr-ehson, pul.
-
Xotiningiz sizni allaqachon unutibdi, sadaqalaringizga muhtoj emas ekan, deb ayting. S. Ahmad, Kadr-don dalalar
-
Oʻtgan kuni pul yuborgan edim, olmabdi. Menga sadaqa kerak emas, sudga berib, qonuniy aliment olaman, degan emish. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
sadaqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bosh-koʻzidan sadaqa
-
Puliga tirnoqcha ham kuymasdi, bolalarimning bosh-koʻzidan sadaqa, derdi R. Fayziy, Hazrati inson
Jonim sadaqa (boʻlsin)
-
Xush kelibsiz, bosh ustiga, sultonim, Sizdan sadaqadir bir shirin jonim! Shirin bilan Shakar
Sadaqa(si) boʻlmoq
-
Dono odamga sadaqa boʻlsang arziydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Sadaqayi odam ket
-
Anzirat xola Sidiqjonga Voy, sadaqayi odam keting, nahot kishi shunday xotinini, shunday bolani qoʻyib, bu yoqlarda yursa! deganidan keyin chehrasi ochildi. A. Qah\or, Qoʻshchinor chiroqlari
Sadaqasi ketmoq
-
Tushungan odamning sadaqasi ketsang arziydi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
SADAQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САДАҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sadaqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar